1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   206
M.A.

Kirish bosqichi xususiyatlari –
kam mahsulot chiqadi (yarim quvvat), yuqori tannarx (texnologiya 
hali to‘liq emas), realizatsiya kam. 
Qilinishi kerak – 
qiziqtiruvchi marketing taktikasi (joy, vaqt, narx, promotion-siljitish), tovar 
kamchiliklarini yo‘qotish (sifatini oshirish) kerak. 
2.
O‘sish bosqichi.
Agar yangi tovar bozorning talabini qoniqtirsa, u holda tovarni sotish katta 
darajada ortadi. Chunki yangi tovarlarni takroran xarid qilayotgan faol xaridorlarga ko‘p 
sonli boshqa xaridorlar qo‘shiladi. Bu bosqichda tovar ishlab chiqarish texnologiyasini 
takomillashtirish hisobiga tovar sifatining barqarorligiga erishiladi. Bu bosqichda korxona 
ancha foyda olishga kirishadi, bu foyda o‘sib boradi va ushbu bosqichning oxiriga kelib eng 
yuqori ko‘rsatkichga yetadi. Korxona bu bosqichning uzoqroq davom etishidan manfaatdor, 
shuning uchun ham u butun harakatlarini sotish hajmining o‘sishiga qaratishi kerak bo‘ladi. 
Bu yerda marketingning asosiy vazifasi – tovar sifatini oshirish, bozorning yangi 
segmentlarini o‘zlashtirish, mazkur tovarni sotishning qamrab olinmagan kanallarini topish, 
iste’molchilarni tovarlar xususiyatlarining afzalligi haqida ishonarli reklama ishlarini tashkil 
etish kabi tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. 
O‘sish bosqichi xususiyatlari — 
ko‘p mahsulot chiqadi (to‘la quvvat), kam tannarx (texnologiya 
mukammal egallangan), realizatsiya o‘sadi, sifat oshgan. 
Qilinishi kerak - 
agressiv marketing (tovar xususiyatlarini tanishtirish), tovarni zamonaviylashtirish 
(mukammallashtirish), ommaviy sotish (realizatsiya tarmoqlari orqali) kerak. 
3.
Yetuklik bosqichi
. Bu bosqichda tovar yirik partiyalarda takomillashgan texnologiyalar 
bo‘yicha yuqori sifat bilan ishlab chiqariladi. Bu bosqichda ko‘pgina ishlab chiqaruvchilarda 
sotilmay qolgan tovarlarning zaxiralari to‘planib qoladi, oqibatda tovarlarning sotilishi 


kamayadi. Natijada raqobat keskinlashadi. Raqobatchilar tovarlarni ko‘proq past narxlarda 
sotishga harakat qiladi. Reklama kuchaytirilib, tovarlarning yaxshilangan variantlarini ishlab 
chiqarishga mablag‘lar sarflanadi. Bularning hammasi foydaning kamayishini keltirib 
chiqaradi. Eng kuchsiz raqobatchilar kurashdan chetga chiqa boshlaydilar. Tarmoqda faqat 
mustahkam o‘rin egallagan raqobatchilargina qoladi. Marketing xizmati tovarning hayotiylik 
davrini uzaytirish, sotish hamda foydaning kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tovar, bozor 
va marketing kompleksini modifikatsiyalash usullarini izlashi kerak bo‘ladi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin