5.
Tijorat maqsadida keng miqyosda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Bozor sharoitidagi
sinovlar natijasida olingan ma’lumotlar firma rahbariyatiga shu turdagi tovarni ishlab
chiqarish yoki chiqarmaslik to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga yordam beradi. Firma yangi
turdagi tovar bilan bozorga qachon, qayerga chiqishi, tovarni kimga va qanday taklif etishi
kerak, degan savollarga javob topishi kerak bo‘ladi.
Firma har bir yangi turdagi tovar, har bir yangi bozor, hudud uchun alohida marketing rejasini
tuzishi kerak.
Turli tashkilot va muassasalar yangi turdagi tovar va xizmatlarni tashkil etish zaruriyatini borgan
sari ko‘proq tushunmoqdalar. Hozirgi kunda mavjud tovarlarning umri qisqarmoqda, ularning
o‘rnini yangi turdagi mahsulotlar bilan to‘ldirish ehtiyoji tug‘ilmoqda.
Ammo yangi tovar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Yangilik bilan bog‘liq tavakkalchilik
xavfi bo‘lsa-da, shu barobarida katta foyda keltirishi ham mumkin. Yangiliklar yaratish borasida
muvaffaqiyatga erishishning asosi: yangi tovarlar g‘oyasini shakllantirish, jiddiy tadqiqotlar
o‘tkazish, yangi tovarni ro‘yobga chiqarish bosqichlarida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kabilarga
bog‘liq. Yangi tovarni yaratish jarayonida firma o‘z maqsadiga muvofiq bo‘lmagan g‘oyalarni o‘z
vaqtida tark etishi lozim. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida raqobat borgan sari
kuchayib bormoqda. Ushbu sharoitda, ya’ni raqobatchilarni yengish, foyda olish uchun doimo yangi
turdagi tovarlar ishlab chiqish orqaligina iste’molchilarning talablarini qondirish mumkin. Shuning
uchun ham marketingning eng muhim masalalaridan biri yangi turdagi tovar ishlab chiqish
strategiyasi puxta o‘rganish, izchillik bilan amalga oshirishni taqozo etadi.
8.Tovarlarni ishlab chiqarishdan bozorga olib chiqish.
Moddiy ne’matlarni iste’mol qilish va xizmatlardan foydalanish aholi turmush darajasini ifodalovchi
asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich aholining moddiy ne’matlar, to‘lovli va
to‘lovsiz xizmatlar iste’molini o‘z ichiga oladi. Uni bilish va hisoblash aholining iste’mol fondi,
ijtimoiy iste’mol fondlaridan to‘lovlar va imtiyozlar, pullik xizmat to‘lovlari va boshqa
ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlaydi. Aholining iste’mol fondi ko‘rsatkichiga
nisbatan ular aholi shaxsiy iste’molini qondirilishi haqida to‘liq ma’lumot beradi.
Dostları ilə paylaş: