1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Yetuklik (Voyaga yetish) bosqichi –



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   206
M.A.

Yetuklik (Voyaga yetish) bosqichi – 
ishlab chiqarish quvvatidan keragidan ortiq barqaror 
foydalanish va to‘la ko‘rib chiqilgan texnologiyalar ishlatilishi bilan bog‘liq. 
Yetuklik (Voyaga yetish) bosqichi xususiyatlari – 
katta partiyada ishlab chiqarish (to‘la quvvat), 
mukammal texnologiya, izlanish va rivojlantirish. 
Qilinishi kerak – 
assortiment (tur, modifikatsiya)ni ko‘paytirish, yangi bozor kashf qilish kerak 
(jumladan, eksport), xaridorlarni yanada jalb qilish (yangicha reklama), yangi segmentlarni topish 
(iste’molchilar guruhi). 
4.
Chiqish bosqichi
. Qanday holat yuz bermasin, baribir ma’lum vaqtdan so‘ngra tovarning 
sotilishi pasaya boradi. Tovar sotilishining pasayishi ba’zan tezlik borsa, ba’zi hollarda 
sekinlik bilan bir tekis boradi. 
Pasayish bosqichi xususiyatlari - 
raqobatchilar ko‘p, xaridorlar tajribali, bozorni yangi mahsulotlar 
egallaydi, sotish kamayib, foyda qisqaradi. 
Qilinishi kerak – 
mahsulotni sekin-asta yangisi bilan almashtirish kerak. 
Tovar sotishning pasayib ketishi tovar ishlab chiqarish texnologiyasidagi yutuqlar, iste’molchilar 
talabining o‘zgarishi hamda mahalliy va xorijiy raqiblar tomonidan raqobat keskinlashuvining 
vujudga kelishi kabi sabablar bilan izohlanadi. Sotishning va foydaning kamayishi natijasida bir 
qancha firmalar va korxonalar bozordan chiqishga majbur bo‘ladilar. Qolganlari esa taklif 
etilayotgan tovarlar assortimentini qisqartirishga, samarasi yuqori bo‘lmagan savdo kanallari va 
bozorning kichik segmentlaridan voz kechishga, rag‘batlantirish uchun sarflanayotgan mablag‘larni 
kamaytirishga va narxni tushurishga majbur bo‘ladilar. Ba’zan tovar hayotiylik davrining chiqish 
bosqichida ham tovarni tiriltirish va uning hayotiylik davrini davom ettirishga harakat qilib ko‘rish 
mumkin. Buning uchun firmaning marketing xizmati reklamani faollashtirishi, narxni o‘zgartirishi, 
tovarlarning o‘rab-joylanishini takomillashtirishi, sotish tizimini qaytadan tashkil etishni, eng 
asosiysi esa yangi bozorlarga kirish va ularni o‘zlashtirish kabi ishlarni amalga oshirishi kerak 
bo‘ladi. Agar bu chora–tadbirlar ham ijobiy natija bermasa, u holda tovar ishlab chiqarishni 
to‘xtatishga o‘tish to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Bunday holat yuz beradigan bo‘lsa iste’molchilar va 
sotish kanallari muayyan tovarni ishlab chiqarishning to‘xtatilish vaqti, kafolat majburiyatlariga 
rioya etilishi, kafolatlar tugagandan keyin ta’mirlashni amalga oshirish tartiblari, ishlab chiqarishdan 
olingan tovarning qancha vaqt davomida yordamchi qismlar bilan ta’minlashi haqida oldindan 
ogohlantirilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday harakat firmaga bo‘lgan ishonch yo‘qolmasligiga va 
iste’molchilar firmaning yangi tovarlarini ijobiy qabul qilishlariga mustahkam zamin yaratadi. 


Firmanig samarali faoliyat ko‘rsatishida marketing taktikasini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Lekin bu marketing taktikasi tovarning turli hayotiylik davri bosqichlarida o‘ziga xos xususiyatga 
ega bo‘ladi. Quyidagi 9.1-jadval ma’lumotlarida tovarning har xil hayotiylik davri fazasida 
firmaning marketing taktikasi qanday bo‘lishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. 
9.1-jadval 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin