1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   206
M.A.

Bo‘limlar 
Faoliyat turi 
Bozorni tadqiq qilish 
bo‘limi 
Bozorning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash. Bozorning rivojlanish 
istiqbolini bashoratlash. Iste’molchilarni o‘rganish. 
«Muvaffaqiyatning asosiy omillari»ni aniqlash. Raqobatchilar 
faoliyatini tahlil qilish. 
Mahsulot assortimentini 
rejalashtirish bo‘limi 
Ishlab chiqarishning assortiment tarkibini ishlab chiqish. Tovarning 
iste’mol va texnik kattaliklari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish. 
Realizatsiya bo‘limi 
Sotish va tovar harakati kanallarini tanlash. Mahsulot assortimenti 
bo‘yicha tovar aylanishini rejalashtirish. Mahsulotni realizatsiya 
qilishning optimal sharoitlarini aniqlash. Sotishni bashoratlash. 


Firma do‘konlari 
Xaridorlar talabini o‘rganish. Xaridorlarni rag‘batlantirish. Sotish 
kanallari ishlovchilarini rag‘batlantirish. Korxona obro‘- e’tiborini 
shakllantirish. 
Reklama byurosi 
Mahsulotni reklama qilish. Korxona obro‘- e’tiborini shakllantirish. 
Axborot almashuvchanlikni rivojlantirish. 
Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etishda bosqichmabosqich yondashish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalari faoliyatining marketing xizmatlari bo‘yicha tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, bajarilayotgan vazifalarning asosiy qismi tijorat xizmatlari bo‘linmalari zimmasiga 
yuklatilgan. Shu sababli marketing xizmatini tijorat bloki asosida tashkil qilish maqsadga 
muvofiqdir. 
Bozorning rivojlanishi va uning “xaridorlar bozori”ga aylanishi korxonaning marketing bo‘limi 
tashkiliy strukturalaridagi o‘rnini va uning boshqa bo‘limlar bilan o‘zaro harakatini asta-sekin 
o‘zgartiradi. 
Tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan marketing funksiyalaridan biri asta-sekin uning asosi 
(o‘zagi)ga aylanadi va tashkilot faoliyatining shunday funksional sohasiga aylanadiki, bu uning 
boshqa sohalarining funksiyalanishini ko‘p tomondan belgilaydi, ya’ni ishlab chiqarish, xodimlarni 
boshqarish, ITTKI (ilmiy-tadqiqot tajriba – konstrukturlik ishlari) va b. 
Bozor sharoitlarida marketing asosiy funksiya sifatida korxona faoliyatining strategiyasini 
belgilaydi. Korxonaga marketingni o‘zi uchun hayot tarzi, korxonaning esa falsafasi, deb bilgan 
odam rahbarlik qiladi. Marketing xizmati nafaqat ishlab chiqarish va savdoga xizmat qilish bo‘limi, 
shuningdek, tashkilot faoliyatini yakuniy iste’molchilarning chiqarilgan mahsulotga yo‘naltiruvchi 
strategik ishlab chiqarish– savdo boshqaruv rejalashtiruvchi va nazorat qiluvchi organlari hamdir. 
Marketing korxonaning hamma xizmatlari va bo‘limlariga kirib boradi. Shuning uchun korxonada 
marketingni boshqaruv strukturalarini tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Marketing xizmati 
shunday tashkil etilishi kerakki, u ushbu korxonaning o‘ziga xos xususiyatlariga (spetsifikasiga), 
uning resurs imkoniyatlariga, chiqarilayotgan mahsuloti va xizmat qilayotgan bank xarakteriga mos 
kelsin. U aniq, qaror qabul qilishda moslashuvchan, sodda va tezkorligi (mobilligi) bilan ajralib 
turadigan bo‘lishi lozim. Korxonalar marketing bo‘limi shunday hisobkitob bilan tashkil etiladiki, u 
eng yaxshi tarzda marketing maqsadlariga erishishga, ya’ni xaridorlarning qondirilmagan talablarini 
aniqlash, bozorlarni geografik jihatdan kengaytirish, bozor ulushlarini oshirish, bozorning yangi 
segmentlarini qidirib topish, foydani ko‘paytirishga yordam berizi zarur. Hozirgi zamon korxonalar 
faoliyati amaliyotining ko‘rsatishicha, marketing xizmati strukturasining rang-barangligiga 
qaramasdan marketingning tashkiliy tarkibiy turlari quyidagilar: 

funksiyalar bo‘yicha; 

mahsulot bo‘yicha; 

bozorlar bo‘yicha; 



iste’molchilar guruhi bo‘yicha; 

hudud (region)lar bo‘yicha bo‘ladi. 
Marketing xizmatini tashkil etishda qat’iy standartlar mavjud bo‘lmaydi, shuning uchun har bir 
kompaniya, marketingni boshqarish strukturasiga asosiy talab–uning samaradorligi, aniq-ravshan 
(ochiq)ligi, tejamkorligi ekanligini anglay borib, bu masalani hal etishga mustaqil yondashadi. 
Marketing xizmati boshqa bo‘limlar va xizmatlar bilan o‘zaro aloqada harakatlanishi zarur va u 
marketingni korxona faoliyatiga joriy etilish darajasi bilan belgilanadi. Marketing va ta’minot 
bo‘limlarining o‘zaro munosabatlari, ularning faoliyatlarini muvofiqlashtirish shuning uchun 
kerakki, bunda muhim xom – ashyolar va butlovchilarning oldindan ko‘zda tutilmagan va 
kutilmagan holda yetmay qolishi kabilarning oldi olinadi. Bunday holatlar, agar marketing bo‘limi 
ta’minotchilarga rejalarning istiqboli va tuzilgan shartnomalar haqida ma’lumot bermaganlarida yuz 
beradi. Va aksincha, noto‘g‘ri prognozlar yoki marketing bo‘limi ta’minot bo‘limiga talablarning 
kamaygani haqida xabar bermaganidan materiallar hamda butlovchilarning haddan ortiq zaxirasi 
to‘planib qolganidan, boshqa ish (vazifalar) da muvaffaqiyatli foydalanilishi mumkin bo‘lgan bu 
vositalarni faoliyatdan to‘xtatib, ya’ni “muzlatib” qo‘yishga to‘g‘ri keladi. 
Tovarlar bo‘yicha smeta va marketingning umumiy budjetini samarali realizatsiya qilish uchun 
marketing bo‘limi mutaxassislari xarajat va foyda ko‘rsatkichlarini doimo nazorat ostida tutishlari 
kerak bo‘ladi. Marketing bo‘limining yuridik xizmat bilan o‘zaro birgalikdagi harakati marketing 
bo‘limi mutaxassislariga xo‘jalik va tijorat faoliyatining turli tomonlarini ishlab chiqish, yangi 
buyumni ishlab chiqarish, narxlarni belgilash, qadoqlash, reklama, sotish shartlari kabilarni 
qonunchilik bo‘yicha boshqarishda tez va malakali yuridik maslahatlar olish imkonini beradi. Patent 
ishlari, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziya bitimlari, reklamatsiyalar va xaridorlarning 
e’tirozlariga taalluqli qonunlar va yo‘l-yo‘riqlar mavjud. Cheklangan savdo amaliyoti, monopolistik 
kelishuvlar, kechiktirilgan to‘lov bilan xarid va savdo narxlar haqida kelishuvlar va boshqalar 
bo‘yicha masalalarda yuridik normalarga amal qilish zarur. 
4.2-rasm. Korxona marketingini marketing funksiyalari bo‘yicha boshqarishning chiziqli-

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin