1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   206
M.A.

funksional strukturasi 
Marketing bo‘limi faoliyatini kadrlar bo‘limi ishi bilan muvofiqlashtirish marketing xizmati 
rahbarlariga marketing bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni aniqlash va jalb etishga yordam 
beradi. Takliflarni amalga oshiruvchi, suhbat o‘tkazuvchi va ehtimoliy nomzodlarni tanlovchi 
shaxslar qidirilayotgan odamning kelgusi ishlari tavsifini, uning statusini u tayinlanadigan 
bo‘limning boshqa xodimlari bilan xizmat bo‘yicha o‘zaro munosabatlarini, uning xizmatda o‘sish 
istiqboli va ushbu ishni bajarish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy va umum ta’lim tayyorgarligi, 
shaxsiy sifatlari va ish tajribasidagi qobiliyatlari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. 


Shuning uchun marketing xizmatida o‘zining har bir xodimining xizmat majburiyatlarini va ular 
mos keladigan talablarni aniq tarifini tayyorlash uchun kadrlar bo‘limi bilan eng mustahkam aloqada 
bo‘lishlari zarur. Bu masala boshqa kasblardagi mutaxassislarga nisbatan marketing sohasidagi 
mutaxassislar uchun ancha murakkab. 
Marketing bo‘limi va kadrlar bo‘limi hamkorlikda yo‘l-yo‘riqlar (instruktajlar) tavsifini va yangi 
ishchilar yaxshi tayyorlanishi va o‘zlariga yuklatilgan xizmat vazifalarini a’lo darajada bajarishlari 
uchun ularni o‘qitish dasturlarini ishlab chiqishlari zarur. Shu bilan birga umumiy yo‘l-yo‘riq 
odatda, kadrlar bo‘limi tomonidan o‘tkaziladi. Marketing bo‘yicha maxsus tayyorgarlik marketing 
bo‘limining majburiyati hisoblanadi. 
Marketingni boshqarishning maqsadi firmaga marketing maqsadlariga erishishni ta’minlab beruvchi 
marketing muhiti bilan o‘zaro munosabatni ta’minlashdan iborat. Kompaniyaning bozorga 
chiqishidan avval o‘z ichiga ham ichki, ham tashqi marketing muhitini o‘rganishni olgan marketing 
tadqiqotlari kompleksi olib boriladi. Har qanday faoliyat yurituvchi korxona, tashkilotning 
marketing sohasi biror-bir muhitda bo‘ladi. Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiylik kuchlari 
manbayidir. Unda faoliyat yuritish imkonini beruvchi quvvat mujassamlashgan. Ammo ichki muhit 
uning muammolari manbayi va hatto halokat sababchisi bo‘lishi mumkin. 
Tizimli yondashuv nuqtayi nazaridan marketingning ichki va tashqi sohalari bir-biri bilan o‘zaro 
bog‘liq ochiq tizim hisoblanib, tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini xarakterlaydi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin