11.
Marketing nazorati nima?
VII bob. BOZOR KONYUNKTURASINI TADQIQ ETISH
VA
BASHORAT QILISH
7.1. Bozor konyunkturasi haqida tushuncha
Bozor nima? Bozor - iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kelib o‘zaro
tovar va
xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. Bozor (market) - keng ma’noda
muomala sohasi bo‘lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari majmuyidir. Bunda tovar
bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari
asosida amalga oshadi. Ko‘pincha, marketingda bozor deganda ma’lum tarmoq
tovarlariga ehtiyoj
sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan potensial iste’molchilarning majmuyi
tushuniladi. Marketingda “bozor” tushunchasi tovar yoki xizmatlarni sotib oluvchilarning mavjud va
potensial yig‘indisi (jamlanmasi)ni bildiradi. Bu ibora qandaydir umumiy belgilarga ko‘ra
birlashgan iste’molchilar guruhini anglatadi (masalan, yuqori sifatli tovarlar xaridorlari bozori).
Ma’lum ehtiyojlar (iste’molchilar) bozori, demografik bozor (uni, masalan, o‘smirlar yoki katta
yoshli odamlar tashkil etadi), geografik bozor (masalan, O‘zbekiston bozori,
Rossiya bozori yoki
G‘arbiy Yevropa bozorlari) haqida gapirish mumkin. Marketingda bozor hamisha to‘liq aniq holat.
Har bir tashkilot aniq bozorda (bozorlarda) ishlaydi. Masalan, Koreyaning Samsung firmasi jahon
bozori uchun ishlaydi, “Gloriya Jins” – Rossiya kiyim bozorida ishlaydi.
Bozor - tovarni xarid qiluvchi va sotuvchilarni har qanday kelishuvlar (shartnomalar) yordamida shu
tovarni oldi-sotdi qilish bo‘yicha munosabatda bo‘lishidir. Bozor (market) – tovar xo‘jaligining
iqtisodiy kategoriyasi bo‘lib, tovar ishlab chiqarish va tovar muomalasi
qonunlari asosida tashkil
etilgan ayirboshlashdir. Boshqacha qilib aytganda, bozor - sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va xaridor
(iste’molchi) lar o‘rtasida sodir bo‘ladigan barcha iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini o‘z ichiga
oladi.
Bozor aloqalari va munosabatlari oldi-sotdi akti sifatida oddiy tovar
ayirboshlashdan tubdan farq
qiladi. Bu avvalambor, tovar-pul munosabatlarining takror ishlab chiqarishning mumkinligi va
zarurligi hamda tovar xo‘jaligini yuritishning sharoitlarida ko‘rinadi. Bozor mexanizmi xaridor
talabini
qondirishga, ishlab chiqarish harakatlarini qoplay olishga, barqaror ishlayotgan har bir
korxonaning foydaliligini ta’minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga,
manfaatdorligini paydo qilishga va mahsulot sifatini oshirishga qodir xo‘jalik yuritish qurolidir.
Bozor iqtisodiyotning aniq sohalarida yoki ma’lum joylarda talab va taklifning rivojlanish holatidir.
Masalan, metall bozorida bahoning pasayishi yoki mehnat bozorida ishchilarning
yetishmasligi va
hokazo.
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan turli xil obyektlar bo‘yicha tashkil etilishi mumkin.
Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori,
intellektual bozor, shoubiznes bozori va boshqalar shular jumlasidandir. Iste’molchilarning
turiga
qarab bozorlar iste’mol bozori va korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: