-o’quvchiga tabiiy geografiya, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hamda
amaliy geografiya asoslari bo’yicha mustahkam bilimlar berish. Tabiatdan
foydalanishni va uni muhofaza qilishni ilmiy,texnik,iqtisodiy asoslarini
ochib berish;
-umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
o’quvchilarini iqtisodiy, ekologik, politexnik, geosiyosiy bilimlarni
egallashlariga imkon yaratish:
- tabiiy geografiya va iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, amaliy
geografiya va boshqa maxsus geografik fanlarni yirik xalq xo’jaligi
muammolarini yechishdagi o’rni va ahamiyatini ochib berish. Masalan,
Orol muammosini yechimini, Sibir daryolari oqimini bir qismini O’rta
Osiyoga oqizishni, O’zbekistonning buyuk davlat bo’lishini geografik
asoslarini ishlab chiqish;
- o’quvchilarni geografik borliq va hodisalarni o’rganish usullari bilan
qurollantirish. Mazkur usullar (metodlar) bilan ishlash ko’nikmalarini
shakllantirish;
-
o’quvchilarni
geografik
kartalardan,
ma’lumotnomalardan,
qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishga o’rgatish, egallagan geografik
bilimlarini amalda qo’llay bilish ko’nikmalarini shakillantirish. O’quv-
chilarni mustaqil ravishda tegishli mabalardan foydalanib o’z bilmini
oshirishga o’rgatish;
- O’quvchilarda geografik madaniyatni shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: