SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Geografiya ta’limi metodikasi qaysi fanlar bilan bog’langan?
2. Geografiya ta’limi metodikasi fanini geografiya fani bilan bog’liqligi
nimalarda ifodalanishini chizmasini tuzing?
3. Geografiya ta’limi metodikasi qaysi fan ishlab chiqqan qoida, qonuniyat va
qonunlar asosida rivojlanadi?
4. Geografiya o’qitish metodikasi psixalogiya fani bilan qanday bog’langan?
5. Geografiya o’qitish metodikasini boshqa fanlar bilan bog’lanish chizmasini
tuzing.
1.4 Geografiya ta’limida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish
muammolari.
Geografiya ta’limi metodikasining rivojlanishi yangi o’qitish
metodikalarini ishlab chiqish,
majmualarni takomillashtirish, ilg’or
metodlarni qo’llash bilan bog’liq. Mazkur muammolarni xal qilish qo’p
jihatdan pedagogik tatqiqotlarda qo’llanadigan metodlarga bog’liq.
Geografiya ta’limi metodikasi bo’yicha tatqiqot ishlarini olib borishni
dastlabki manbai bo’lib O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi
qonuni, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi va boshqa hukumat qarorlari
asos bo’lib hisoblanadi.
Xar qanday fanda ham tatqiqod metodlarini
ishlab chiqish va tatqi-
qotlar olib borish metodologiya va ilmiy tatqiqod metodlari tushunchalari
bilan bog’liq
Metodologiya
– bu borliqni bilish va o’zgartirish metodlari haqidagi
ta’limotdir.
Ilmiy tatqiqod metodlari
– bu tadqqod olib borish usullaridir.
Geografiya ta’limi metodikasida ilmiy tatqiqot
metodlari ikkita katta
guruhga bo’linadi: eksperemental-emprik va nazariy metodlar;
Eksperimental-emprik usullar pedagogik tatqiqotlar bosqichida
qo’llaniladi, nazariy usullar esa yig’ilgan ma’lumotlarni
umumlashtirish
va nazariyalar tuzish bosqichida qo’llaniladi.
Geografiya ta’limini rivojlanishini dastlabki bosqichlarida asosan
eksperimental-emprik usullar qo’llanilgan. Ammo XX-asrning 2-yarmidan
boshlab geografiya ta’limi metodikasining nazariy
jixatlarini rivojlanishi
oqibatida u xususiy didaktika faniga aylandi. Metodik tatqiqotlarda
nazariy usullar va ularning alohida qismlari keng qo’llanila boshlandi.
Masalan,
tizimli-tarkibli yondoshish, bilimlarni mantiqiy didaktik tahlil i,
o’quv materialini tarkibiy- mantiqiy va mantiqiy tushuncha tahlil i.
Tatqiqot usullarini tanlash qo’yilgan maqsad
va vazifalardan kelib
chiqadi. Masalan, muammoning dolzarbligi,
maqsad va vazifalarni
aniqlash va boshqalar mavjud ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlil qilishni
talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: