Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.Geografiya o’qitishning ta’limiy maqsadlari nimalardan iborat?
 
2.O’quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash geografiya ta’limining 
qanday maqsadlariga kiradi? 
3.Geografiya ta’limining o’quvchilarni qiziqish qobiliyatlarini rivojlanltirishga 
yo’naltirilgan maqsadlar qanday qismlardan iborat? 
4.Geografiya o’qitish metodikasining vazifalari jadvalini tuzing. 
Har bir vazifaga ta’rif bering. 
5.Geografiya ta’limining maqsadi qanday hollarda o’zgarishi mumkin? 
 


1.3. Geografiya ta’limi metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
Geografiya ta’limi metodikasi qator tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hamda 
gumanitar fanlar bilan o’zaro bog’langan. Geografiya o’qitish metodikasini 
geografiya fani bilan bog’liqligi quyidagilarda namoyon bo’ladi: 
-geografiya fani maktab geografiyasi mazmunini asosini tashkil qiladi 
va uning rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Geografiya fanidagi
yutuqlar va o’zgarishlarni maktab geografiyasining mazmunida va 
tuzilishida aks ettirib boradi; 
- geografiya fanining mazmuni maktab geografiyasining tuzilishida 
aks etgan. Maktab geografiyasi ikki qismdan iborat: tabiiy va iqtisodiy 
geografiya. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’tiladigan 
«Amaliy geografiya» darsligida injinerlik geografiyasining mazmuni aks 
etgan; 
-o’quv vositalari va ular bilan ishlash usullari geografiya fanida 
qo’llaniladigan usullar bilan aniqlanadi. Masalan geografiyada keng 
qo’llaniladigan kartografik usul, maktab geografiyasida ham keng 
qo’llaniladi (kartalar bilan ishlash), dalada olib boriladigan tatqiqot ishlari
maktab geografiyasida o’tkaziladigan o’quv- sayohatlarda aks etgan; 
- geografiya ta’limining mazmuni va tuzulishi geografiya fanining 
rivojlanishi bilan muntazam takamillashib boradi. Xozirgi paytda maktab 
geografiyasida yangi-yangi tushunchalar paydo bo’lmoqda: ekologik- 
geografik sharoit; tizimli usul; geosiyosat: bashorat; baholash va h.k. 
Didaktika barcha o’quv predmetlarini metodikasini umumiy ilmiy 
asosini tashkil qiladi. Geografiya ta’limi metodikasi didaktika fani 
tomonidan asoslab berilgan qonunyatlar, qonunlar va qoidalar asosida 
rivojlanadi. Didaktika fani geografiya o’qitish jarayonini tarkibiy qismlari 
o’rtasidagi qonuniy bog’lanish va munosabatlarni oydinlashtiradi va shu 
asosida o’qitishni maqsadi, mazmuni, usullari hamda o’qitish jarayonini 
jihozlashga doir talablarni belgilab beradi. Geografiya o’qitish metodikasi 
fani didaktika faniga suyanibgina qolmasdan balki uning rivojlanishi 
uchun muhim ma’lumotlar beradi. Masalan, o’quvchilarning geografik 
bilmi, ko’nikma va malakalarni baholash, geografik tasavvur, tushuncha, 
g’oyalar tizimini shaklllantirish va boshqalar. 
Psixologiya fani o’quvchilardagi ruhiy faoliyatning umumiy qonu-
niyatlarini o’rgansa, geografiya o’qitish metodikasi esa o’quvchilarning 
ruhiy faoliyatini, ularning geografik bilimlarni o’zlashtirish bilan bog’liq 
bo’lgan tomonlarini o’rganadi. Geografiya predmetini o’qitishda o’quv-
chilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyatini e’tiborga olmasdan turib, 


ularning o’quv faoliyatiga samarali ta’sir etib bo’lmaydi. Shu tufayli 
geografiya o’qitish metodikasi psixologiya fani bilan chambarchas 
bog’langan. 
Geografiya ta’limi metodikasi ekologiya fani bilan ham uzviy 
bog’langan. Maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlaridagi 
geografiya ta’limida atrof-muhit muhofazasiga va tabiiy resruslardan 
oqilona foydalanish masalalariga katta e’tibor berilgan. Boshlang’ich tabiiy 
geografiya kursidan boshlab (5-sinf), o’rta ta’lim geografiya predmetlarida 
tabiiy resruslardan oqilona foydalanish, tabiat tarkiblarini xo’jalik faoliyati 
ta’sirida ifloslanishi, ularni oldini olish va atrof- muhit muhofazasi 
masalalari atroflicha ko’rib chiqilgan. 
Geografiya ta’limi metodikasi tarix, til va adabiyot va boshqa 
gumanitar fanlar bilan ham bog’langan. Maktab geografiyasida geografik 
bilimlarning rivojlanishini, har bir materik va o’lkalarni tabiati va uni 
o’zlashtirilish tarixini o’rganish tarixiy manbalarni o’rganish bilan bog’liq. 
Geografik nomlarni to’g’ri yozilishi, ularni talqini, kelib chiqishi va 
mazmunini aniqlashda tilshunoslik qonunyatlari va qoidalari asosida olib 
boriladi. Maktab geografiyasida jahon, mamlakatlar va xududlarni 
o’rganishda, geografik qobiqni tarkibiy qismlari va undagi jarayonlarni 
o’quvchilarga tushuntirilishida badiiy adabiyotlardagi yorqin ifodalar, 
talqinlar va tavsiflardan foydalaniladi. 
Geografiya o’qitish metodikasi ximiya, biologiya va qishloq xo’jaligi 
fanlari bilan ham chambarchars bog’langan. Geografik qobiqning kimyoviy 
tarkibini, tabiatni kimyoviy modddalar bilan ifloslanishini va ularni oldini 
olish yo’llarini o’rganishda maktab geografiyasi ximiya fanining yutuq-
lariiga asoslanadi. Geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismi bo’lgan 
tuproq, o’simlik qoplami, hayvonot dunyosini va turli xil ekinlarni 
yetishtirishni o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishda maktab geografiyasi 
biologiya va qishloq xo’jaligi fanlari tizimi yutuqlariga asoslanadi. 
Geografiya ta’limida ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilishda, 
zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda maktab geografiyasi 
matematika, statistika va axborot texnologiyalari fanlari yutuqlariiga 
asoslanadi. 
Hozirgi davrda geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalar 
qo’llanilmoqda va ulardan foydalanishning ilmiy –metodologik asoslari 
ishlab chiqilmoqda. Mazkur sohada geografiya ta’limi yangi pedagogik 
texnalogiyalar fani yutuqlariga tayanadi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin