Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


Nazariy tatqiqot usullari



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 
1.4.1.Nazariy tatqiqot usullari. 
Nazariy tatqiqot usullariga adabiyotlarni tahlil qilish, statstik-
matematik, tarixiy, qiyosiy va tizimli usullar kiradi. 
Adabiyotlar bilan ishlash usuli
. har qanday ilmiy ish shu sohada 
e’lon qilingan adabiyotlarni o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish 
bilan boshlanadi. Mazkur usul yordamida boshqa tatqiqotchilar tomonidan 
olingan ma’lumotlar to’planadi va o’rganiladi va umumlashtiriladi. 
Geografiya ta’limi metodikasida quyidagi sohalar bo’yicha ma’lumotlar 
to’planadi va tahlil qilingadi: ta’lim bo’yicha davlat tomonidan chiqarilgan 
qonunlar, qarorlar va boshqa xujjatlar; bilish nazariyasi bo’yicha falsafiy 
adabiyotlar o’rganiladi; mantiq, psixalogiya va didaktika bo’yicha 
ma’lumotlar o’rganiladi va tahlil qilinadi: o’qitish metodikasi bo’yicha 
e’lon qilingan ilmiy ishlar alohida tahlil qilinadi; Adabiyotlar tahlil i 
amalga oshirilgandan so’ng o’rganilayotgan muammoning dolzarbligi, 
o’rganil-may qolgan jihatlari aniqlanadi. 
Statistik- matematik metodlar.
O’qitish metodikasi bo’yicha olib 
borilgan tatqiqotlar natijalarini hisobga olish va ularni umumlashtirish 
maqsadida qo’llaniladi. Miqdoriy ko’rsatgichlarni tanlash ularni tartibga 
keltirish va tahlil qilish metodik tatqiqotlarda katta ahamiyatga ega. 
Chunki ular juda ko’p pedagogik tatqiqotlarning o’lchami hisoblanadi. 
Miqdoriy ko’rsatgichlar yordamida tarbiya va o’qitishda qo’llaniladigan 
pedagogik vositalarning qanchalik foydaliligini aniqlash mumkin. 
Qiyosiy usul.
Mazkur usul yordamida fandagi va maktab geografiya-
sidagi bilimlar tizimi, o’qitish jarayonida qo’llaniladigan metodlar, o’quv 
vositalari, baholash usullari, dars turlari tanqidiy nuqtai nazardan tahlil
qilinadi. Bu esa tatqiq qilinayotgan muammoni umumiy va o’ziga xos 
xususiyatlarini ochib berishga imkon beradi. 
Tarixiy usul.
Mazkur usul yordamida o’rganilayotgan metodik 
muammoning rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. Bundan 
tashqari ma’lum bir muammoni ayrim davrlarda rivojlanishini ham ochib 
beradi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin