- o’quvchilarga kuzatuvchanlik, eslab qolish, tafakkur, tasavvur va
nutq qobiliyatlarini rivojlanishiga imkon yaratish:
- o’quvchilarni ular imkoniyati doirasidagi geografik muammolarni
yechishga o’rgatish, ularda hodisa va jarayonlarga kompleks va sintetik
yondashishni shakllantirish.
Maktab geografiyasining vazifalari uning maqsadlaridan kelib chiqadi:
- maktab geografiyasining umumiy va har bir sinf bo’yicha maksadi,
mazmunini aniqlash va ularni yanada takomillashtirish;
- o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda geografik
bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishiga imkon beradigan ta’lim usullarni
aniqlash;
- o’quvchilarga amaliy geografik ko’nikma va malakalarni singdirish
imkoniyatlarini aniqlash;
- ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatini oshiradigan va mustaqilligini
ta’minlaydigan samarali usullarni aniqlash;
- umumiy va kasb-hunar ta’limi tizimidagi o’quvchilarni mexnatga
o’rgatish, ularga axloqiy , estetik tarbiya berish vazifalarini ochib berish;
- ta’limni tashkil etish turlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
-o’qitish metodikasini yanada takomillashtirish, sinalgan o’quv
metodlarini yanada rivojlantirish;
-yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashni ilmiy-metodik asoslarini
ishlab chiqish;
-geografiya ta’limida axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan
foydalanib dars o’tish usullarini ishlab chiqish;
-darslik, o’quv qo’llanmalari va vositalariga qo’yiladigan talablarni
ishlab chiqish va ulardan foydalanish hamda ular bilan ishlash usullarini
ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: