Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti


Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/58
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177530
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
ARM BAnk ishi darslik печатга

Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari. 
Bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar 
banklarning- 
passiv operatsiyalar 
deyiladi. Passiv operatsiyalar 
yordamida tijorat banklarining passiv va aktiv-passiv schyotidagi pul 
mablag‘larining salmog‘i oshib boradi. Banklarning passiv operatsiyalari 
ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol o‘ynaydi. 
Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur 
bo‘lgan kredit resurslarini tashkil qiladi. 
Tijorat banklari passiv operatsiyalarining asosan to‘rtta shakli 
mavjud: 

Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlarini muomalaga chiqarish 
yo‘li bilan resurslar yig‘ish; 

Bank 
foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil 
qilish 
yoki 
fondlar summasini oshirish; 

Boshqa kreditlarning mablag‘larini jalb qilish; 

Depozit operatsiyalarni amalga oshirish. 
Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z mablag‘lari jalb qilingan 
va emitentlashgan mablag‘lar 
hisobidan 
shakllanadi. 
Yuqorida 
keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida 
banklarning o‘z mablag‘lari yuzaga keladi va qolgan oxirgi ikki shaklida 
kredit resurslarining ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi. 
Banklarning o‘z mablag‘lariga 
— bankning ustav kapitali, rezerv 
kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil 
tashkil qilingan fonddar va taqsimlanmagan foydasi kiradi. 
Banklarning o‘z mablag‘lari ichida asosiy o‘rinni bankning o‘z 
kapitali egallaydi.Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida 
ko‘rsatiladi va bank ishini boshlashning boshlang‘ich nuqtasi 
hisoblanadi. Banklarning tashkil qilishning shakllariga qarab bankning 
ustav kapitali ham har xil tashkil topadi. 
Agar bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, 
ustav kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yo‘li orqali 
tashkil topadi. Banklarning ustav kapitali summasi qonun yo‘li bilan 
chegaralanmaydi. Banklarning barqaror faoliyatini ta'minlash maqsadida 


82 
uning minimal miqdori belgilab beriladi. 
Bankning ustav kapitali uning balansining passivida ko‘rsatiladi. 
Ustav fondi summasining oshirilishi bank aksiyadorlik umumiy majlisida 
hal qilinadi. Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatlarini 
bajarishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bank kreditlar hisobidan 
banklarning ustav kapitalini tashkil qilish mumkin emas. 
Banklar tashkil qilinganda ustav kapitalining tarkibi moddiy mablag‘-
lardan va pul mablag‘laridan tashkil topadi. Bank faoliyatining boshlan-
g‘ich bosqichlarida bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birinchi nav-
batdagi bank xarajatlari (yer, bino, asbob-uskuna, ish haqi) qoplanadi. 
Banklarning o‘z mablag‘lari uzoq muddatli aktivlarga qo‘yilmalar 
qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. Odatda, Markaziy bank tijorat 
banklari uchun banklarning o‘z mablag‘lari bilan chetdan jalb qilingan 
resurslar o‘rtasida chegarani belgilab beradi. Banklarning aksiyador 
kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topishi mumkin. 
Bular: 
a)

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin