O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Mirsaidov, T. M. Sobirjonov nazariy mexanika


 QATTIQ JISMLAR SISTEMASINING (MEXANIK SISTEMA)



Yüklə 6,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/177
tarix14.12.2023
ölçüsü6,14 Mb.
#177756
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   177
Nazariy Mexanika darslik

 
4.2. QATTIQ JISMLAR SISTEMASINING (MEXANIK SISTEMA) 
HARAKATINING DINAMIKASI. 
4.2.1. Mexanik sistema. Massalar markazi. Mexanik sistema massalar 
markazining harakati. 

A.
 
MEXANIK SISTEMA. 
Tabiyatda va texnikada jismlar bir-biriga bogʻliq 
boʻladi. Ularning harakatini oʻrganish uchun ular orasidagi bogʻlanishlarni 


231 
va ular orasidagi ta’sir kuchlarini toʻla aniqlashga toʻgʻri keladi. Nazariy 
mexanikada alohida jismning yoki “jismlar toʻplami”ning harakati 
oʻrganiladi. “Jismlar toʻplami” yoki 
mexanik sistema 
deb, har bir qismining 
holati va harakati boshqa qismlarining holati va harakatiga bogʻliq boʻlgan 
jismlar yoki moddiy nuqtalar toʻplamiga aytiladi. Masalan, quyosh 
planetalar sistemasi, avtomobil, absolyut qattiq jism va h.k. Mexanik sistema 
boʻlishi uchun uning har bir qismi boshqa qismlari bilan uzviy bogʻlanishi 
zarur. Masalan avtomobilning barcha qismlari bolt, kamar, zanjirli uzatma, 
tishli uzatma va h. k. lar bilan bogʻlangan. 
 
Mexanik sistemaning massasi uning 
n-
ta qismlari massalarining algebraik 
yigʻindisiga teng: 
M = 

yoki qisqacha
M = 
. (4.73) 
Massalar markazi 
deb, mexanik sistemaning butun massasini bir nuqtaga 
toʻplangan joyiga aytiladi. Ogʻirlik kuchi, ogʻirlik markazi Yer sharidagi jismlarga 
tegishli boʻlgani uchun, mexanikada undan umumiyroq tushuncha- jismning 
massassi orqali barcha qonunlar va formulalar ishlab chiqiladi. Mexanik 
sistemaning massalar markazi dinamikada juda ahamiyatli boʻlib, sistemaning 
harakati soddalashtirish uchun yana nuqtaning harakatiga keltiriladi. Massalar 
markazini aniqlash formulalari xuddi statika qismidagi ogʻirlik markazini aniqlash 
bilan bir xil, faqat 
ifoda yordamida ogʻirlik massaga almashtiriladi. 
Masalan massa markazini C harfi orqali belgilab, uning radius-vektori 
quyidagi formula bilan aniqlanadi(4.34-shakl): 
, (4.74)
bunda 
mexanik sistema qismlarining massalari
mexanik sistema qismlari massa markazlaining radius-vektorlari. 


232 
4.34-shakl. 
Oxirgi ifodani 
x,y,z 
oqlariga proyeksiyalab,
(4.75) 
massa markazini topish formulalari aniqlanadi. 
Mexanik sistemaga ta’sir etuvchi kuchlarni ikki guruhga ajratiladi: 
- tashqi kuchlar; 
- ichki kuchlar. 

Yüklə 6,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin