23
Suyak to‘qimada uch xil: osteoblast, osteosit va osteoklast hu-
jayralari uchraydi.
Osteoblastlar suyak to‘ qi mani hosil qiluvchi o‘siq chali yosh
hujayralardir. Ular suyak to‘qima buzila yot gan va tiklanayot gan
joyda uchraydi. O‘sayotgan s u yak da ular ko‘p bo‘ladi.
Osteositlar yetilgan ko‘p o‘siqchali hujayralar bo‘lib, ular os-
teoblastlardan hosil bo‘ladi. Osteositlarning tanasi suyak plas-
tinkasida yotsa, o‘siqchalari suyak kanalchalariga kiradi.
О
steoklastlar yirik ko‘p o‘zak li hujayralar bo‘lib, o‘siqchala-
ri bor. Ular suyak va tog‘ayni buzishda ishtirok etib, suyak to‘qi-
mani so‘rilishini ta’minlaydi.
Odamda ikki xil: yirik tolali va qatlamli suyak to‘qima tafovut
qilinadi. Yirik tolali suyak to‘qimada kollagen tolalar yaxshi bilin-
gan dastalar hosil qilib, ular o‘rtasida osteositlar yotadi. Bunday
suyak to‘qima chaqaloqlarda, kattalarda esa bosh suyagi chok-
larida va paylarning suyakka birikkan joyida uchraydi. Qatlamli
suyak to‘qimada kollagen tolalar qatlamlar ichida yoki ular o‘rta-
sida parallel dastalar hosil qilib joylashadi. Qatlamli suyak to‘qi-
ma odam skeletining barcha suyaklarini hosil qiladi.
Qon va limfa organizmning ichki muhitini hosil qiluvchi to‘qi-
ma bo‘lib, uning yashashi uchun eng yaxshi sharoitni ta’minlab be-
radi. Ular organizmda trofik va himoya vazifasini bajaradi. Qon
suyuq asosiy modda (plazma) va uning ichidagi qonning shaklli ele-
mentlardan iborat.
Limfa – rangsiz biroz loyqaroq suyuqlik. U plazma va ko‘proq
lim fositlardan tashkil topgan.
Dostları ilə paylaş: