13
muvofiq, amalga oshiriladi.
Korxonaning moliya bo`limi yeki buxgalteriya (agar korxona shtatida moliya bo`limi ko`zda
tutilmagan bo`lsa) haridor-korxona nomiga schet-to`lov-talabnoma hujjatini yozib, tovar
sotuvchi korxonaga xizmat ko`rsatadigan bankka topshiradi.
To`lov-talabnoma mol yetkazib beruvchining schet-fakturaga mos ravishda ortib jo`natilgan
mahsulot qiymati uchun haridorning hisob-kitob raqamidan pulni o`tkazib berishi to`g`risida
bankga bergan buyrug`idir. Unda ortib jo`natilgan mahsulot qiymati va sotish bahosi, soni,
assortimenti qayd qilinadi (bu xolatda schet-faktura albatta to`lov-talabnomasiga ilova qilinishi
lozim).
Schet-faktura yeki to`lov-talabnomasining aloxida bo`lmasida tara va qadoqlash qiymati hamda
haridor tomonidan to`lanadigan temiryo`l tarifi bo`yicha summa ko`rsatiladi. Baozida haridor
tomonidan to`lanishi lozim bo`lgan temiryo`l tag`rifi bo`yicha summaga umumiy mahsulotning
sotish bahosi qo`shib ko`rsatilishi mumkin. Qo`shilgan qiymatdan soliq summasi aloxida
bo`limda ko`rsatiladi. Mol yetkazib beruvchi bilan haridor o`rtasida tuzilayetgan shartnoma
vaqtida franko-joy to`g`risida to`xtalib o`tiladiki, bunda mahsulotni ortib jo`natish bilan bog`liq
harajatlarni mol yetkazib beruvchi o`z zimmasiga oladi. Franko-joyning quyidagi turlari mavjud:
Dostları ilə paylaş: