6.TAYYOR MAHSULOTLAR SOTISHNI HISOBGA OLISH.
Omborlarda mahsulotning miqdor ko`rsatkichlaridagi uchyoti yuritiladi. Buning uchun
mahsulotlarning har bir turiga yoki nomenklatura raqamiga M-17 sonli tipik shakldagi varaqalar
ochiladi. Ular material harakati bilan bog`liq kirim va chikim operatsiyalari bo`yicha
rasmiylashtirilgan boshlang`ich hujjatlar asosida to`ldiriladi va har bir kirim hamda chiqim
operatsiyalari yozilganidan keyin material qoldig`i aniqlanadi. Materiallarning ombordagi
xaqikiy qoldig`i meoyordagi qoldiq bilan solishtiriladi va o`rtadaga farqdan taominot bo`limi
xodimlari xabardor qilinadi.
Kirim va chiqim operatsiyalari bo`yicha kundalik rasmiylashtirilgan boshlang`ich hujjatlar
belgilangan muddatda korxona buxgalteriyasiga topshiriladi.
Materiallarning ombordagi uchyoti operativ buxgalteriya yoki boshqa usullar yordamida
hisobga olinadi. Ushbu usullarning moxiyati shundan iboratki, bunda materiallarning ombordaga
uchyoti son shaklida, buxgalteriyada esa pul shaklida yuritiladi. Buxgalteriyada yuritiladigan
15
hisob materiallarning harakati bo`yicha omborda rasmiylashtirilgan boshlang`ich hujjatlardagi
maolumotlarga asoslanadi. Omborlarda rasmiylashtirilayotgan boshlang`ich hujjatlarning to`g`ri
yoki noto`g`riligini buxgalteriya xodimlari belgilangan muddatlarda tekshirib boradi va yozuvlar
to`g`riligi ombor varaqalarining «nazorat» bo`limida imzo bilan tasdiklanadi. Hisobot oyining
oxirida ombordagi hisob buxgalteriyada yuritiladigan sintetik hisob maolumotlari bilan
taqqoslanadi. Buning uchun esa har bir ombor bo`yicha qoldiq vedomosti yuritiladi. Vedomostda
ombor varaqalari asosida material qoldig`i yoziladi va u pul ko`rsatkichiga aylantiriladi. Qoldiq
vedomostidagi material qoldig`ining umumiy summasi buxgalteriyada materiallar harakati
bo`yicha yuritiladigan 10-vedomost maolumotlari bilan solishtiriladi. Sonlarning to`g`ri kelishi
hisobot oyi davomida omborda va buxgalteriyada yuritilgan hisobning to`g`riligidan dalolat
beradi.
Operativ-buxgalteriya usulining afzalliklari quyidagilardan iborat:
1.
Buxgalteriyada materiallarning nomi va navlari bo`yicha uchyoti olib borilmaydi, bu narsa
hisob ishlarini birmuncha kamaytiradi.
2.
Kirim va chiqim uchyoti bo`yicha ishlar hisobot oyi oxiriga to`planib qolmaydi.
3.
Omborlarda yuritiladigan hisobning muntazam tekshirib turilishi u yerda to`gri hisob olib
borilishini taominlaydi.
4.
Buxgalteriyada materiallarning analitik uchyotini yuritish ixchamlashadi.
Materiallar
harakati
bo`yicha
joylarda
rasmiylashtirilgan
boshlang`ich
hujjatlar
buxgalteriyaga belgilangan muddatda reestr asosida topshiriladi. Ular buxgalteriyada tekshiriladi
va qayti ishlash uchun mashina-hisoblash stansiyalari yoki mashina-hisoblash byurolariga
beriladi. Boshlang`ich hujjatlarni keyingi qayti ishlash jarayoni bir tomondan material uchyoti
guruhi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish uchyoti xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Shuning uchun boshlang`ich hujjatlar, limit-zabor kartalari, talabnomalar, nakladnoylarning
ikkinchi nusxasi tekshirilib, taksirovka qilingandan so`ng buxgalteriyaning material bo`limidan
ishlab chiqarish bo`limiga beriladi.
Boshlang`ich hujjatlardagi maolumotlar to`plov vedomostlariga ko`chiriladi. Ushbu
vedomost maolumotlari hisobot oyi oxirida har bir ombor bo`yicha oborot vedomosti tuzishda
asos bo`lib hisoblanadi.
Mol yetkazib beruvchilar schyotlari va ombor kirim orderlari asosida omborga qabul
qilingan ishlab chiqarish zaxiralari qiymatiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi
rasmiylashtiriladi:
D-t-10-«Materiallar» schyoti,
K-t-60-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» scheti.
Qabul qilish vaqtida materiallar yetishmasa, u xolda kam chiqqan materialning sotib olinish
16
baxosiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D-t-bZ-«Daovolar yuzasidan hisob-kitoblar» scheti. K-t-«Mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilar bilan hisob-kitoblar» scheti.
Yuborilgan materialning xaqikiy soni qabul qilinish vaqtida schet va boshqa mol yetkazib
beruvchi korxonalar hujjatlarida ko`rsatilganidan ortiq bo`lsa, u xolda ko`p chiqqan material
qiymatiga tegishli material schetlari debetlanib, «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan
hisob-kitoblar» scheti kreditlanadi.
Balansda korxona sotib olgan materiallar zaxirasini va mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-
kitob ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yish maqsadida hisobot oyining oxirida qiymati to`langan, lekin
omborga kelib tushmagan materiallar qiymatiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D-t- «Materiallar».
K-t- «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schyoti.
Keyingi hisobot oyining birinchi kunidan ushbu buxgalteriya provodkasi qizil provodka
tuzish yo`li bilan yo`qotiladi. Materiallar korxona omboriga qabul qilinganda ularning qiymati
schyotlarda tegishli provodka tuzish bilan aks ettiriladi.
Sotib olingan materiallar bo`yicha mol yetkazib beruvchilar schetining to`lanishiga
quyidagicha buxgalteriya provodkasi rasmiylashtiriladi:
D-t- 60-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar».
K-t- 51-«Hisob-kitob schyoti».
Hisob-kitobning jurnal-order shaklida qabul qilingan materiallar va mol yetkazib beruvchilar
bilan hisob-kitob 6-jurnal-orderda yuritiladi. Unda sintetik va analitik hisob bir-biri bilan
bog`langan xolda olib boriladi. Jurnal-orderga hisobot oyi davomida tegishli material
schyotlarining debeti, «Mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar» schyotining krediti
bo`yicha yozuvlar ombor kirim orderlari va mol yetkazib beruvchilar schetlari asosida yozib
boriladi. Bankdan olingan korxona hisob-kitob schyotidan ko`chirma asosida u yoki bu mol
yetkazib beruvchi korxona schyotining to`langanligi xaqida jurnal-orderga belgi qo`yib boriladi.
Sotib olingan ishlab chiqarish zaxiralari bo`yicha mol yetkazib beruvchilardan bo`lgan
qarzning umumiy summasi hisobot oyining birinchi kunidagi qarz summasiga hisobot oyida
sotib olingan materiallar uchun qarz summasini qo`shish va to`langan schyotlarning summasini
olib tashlash yo`li bilan topiladi. Ushbu qarz balans tuzishda quyidagi uch ko`rsatkichga
bo`linadi:
1. To`lash muddati yetmagan qarz.
2. To`lash muddati o`tib ketgan qarz.
3. Xujjatlari olinmagan materiallar bo`yicha qarz.
Korxonaning o`zida tayerlangan va omborga qabul qilingan materiallarning xaqikiy
17
tannarxiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D-t- 10-«Materiallar».
K-t- 23-«Yordamchi ishlab chiqarishlar» schyoti.
Ombordan ishlab chiqarishga sarflash uchun berilgan materiallar qiymatiga esa quyidagicha
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D-t- Ishlab chiqarish harajatlari schyotlari (20,23,25 va boshq.).
K-t- «Materiallar» schyoti.
Materiallarning ishlab chiqarish harajatlari schetlarga ulgurji baxosi, shartnoma yeki reja
tannarxi bo`yicha yezilgandan keyin ushbu schetlarga yana tegishli transport-tayerlov harajatlari
yeki materiallarning xaqikiy tannarxi bilan reja tannarxi o`rtasidagi farq summasini ham yezish
lozim. Transport-tayerlov harajatlari summasi ishlab chiqarishda sarflangan materiallar bilan
ombordagi sarflanmay qolgan materiallar o`rtasida ularning ulgurji baxosiga mutanosib ravishda
taqsimlanadi. Buning uchun transport-tayerlov harajatlarining hamma materiallar ulgurji
qiymatiga nisbatan o`rtacha foizi aniqlanadi. Sarflangan materiallar qiymatini topilgan o`rtacha
foizga ko`paytirish yo`li bilan sarflangan materiallarga to`g`ri keladigan transport-tayerlov
harajatlari summasi topiladi.
Korxona bo`limlari va sexlarida xo`jalik maqsadlari uchun sarflangan materiallarga to`g`ri
keladigan transport-tayerlov harajatlarining summasi to`g`ridan-to`g`ri asosiy ishlab chiqarish
schetiga yoziladi.
Hisob-kitobning jurnal-order shaklida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan
materiallarning ulgurji baxosi, shartnoma yeki reja tannarxi bo`yicha 10-jurnal-order, boshqa
maqsadlar uchun sarflangan materiallar esa 10/1 jurnal-orderga yoziladi. Shuvday qilib,
materiallar kirimi bo`yicha sintetik hisob 6-, sarflangan materiallarning sintetik uchyoti esa 10 va
10/1 jurnal-orderlarda olib boriladi. Buxgalteriyada sintetik hisobdan tashqari sexlar, omborlar,
materiallar guruhlari bo`yicha analitik hisob yuritiladi.
Operativ-buxgalteriya (salg`dovoy) usuli qo`llanilmaydigan korxonalar buxgalteriyalarida
materiallar pul va son ko`rsatkichlarida hisobga olinadi. Materiallar uchyoti operativ
buxgalteriya usuli bo`yicha yuritiladigan korxonalar buxgalteriyasida esa pul o`lchovidagi
sintetik schetlar material guruhlari va omborlar bo`yicha yuritiladi, Bunda omborda yuritiladigan
materiallarning analitik uchyoti buxgalteriyada takrorlanmaydi.
Buxgalteriyada materiallarning sintetik uchyoti 10-vedomostda yuritiladi. Unda qabul
qilingan, sarflangan materiallar summasi hamda
hisobot oyining 1-kuniga va oxirgi qoldiq
summasi omborlardagi material guruhlari bo`yicha ko`rsatiladi. Ushbu hisob registridagi hisobot
oyining oxiriga materiallarning qoldiq summasi omborlardaga material qoldig`i maolumotlari
bilan solishtiriladi. Maolumotlarning bir-biriga to`g`ri kelishi ombor va buxgalteriyada yuritilgan
18
hisobning to`g`riligini tasdiqlaydi.
ortib-tushirish ishlarining qiymati, temiryo`l tag`rifi va yetkazib berish harajatlari).
Dostları ilə paylaş: |