devorlariga ikki tomondan ravoqli tokchalar joylashgan. O'rtadagi miyon
saroy baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklar yorug'
tushishi uchun mo‘ljallangan.
O'tmishda bu timda shoyi va jun gazlama bilan savdo-sotiq qilingan. Inshoot
faqat kun yorug'ligida faoliyat ko'rsatgan. Kunduzlari
xonalarni yoritishni
yaxshilash maqsadida gumbaz va qator gumbazchalar tepasidan baraban shaklida
arkali fonar va fonarchalar o'rnatilgan. Bosh gumbaz sakkizlik konstruksiyasi
ustida o'rnatilgan. Bosh gumbaz osti maydoni usti
kichik gumbazlar yordamida
yopilgan galareyalar bilan birlashib, yaxlit yopiq bozorni tashkil etgan.
Yopiq
bozorning ichi doim salqin va nisbatan qorong'i bo'lgan.
XVI asrda qurilgan bu hammomlarning yechim Buxoroning an'anaviy
fuqarolik binolari sifatida katta qiziqish uyg'otgan. Unda o'rta asr sharqining
hammomlariga o'xshash boy tuzilish yo'q, biroq injener-texnik
yechim nuqtai
nazaridan zamonaning yutuqlari aks ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: