O’rta osiyoda paleografiya, epigrafika va me’morchilik tarixi


Mag'oki Attori masjidi me`morchiligi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/55
tarix14.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#178112
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

 Mag'oki Attori masjidi me`morchiligi. 
Naqshinkor devorli inshootlardan 
yana biri Mag'oki Attori masjididir
.
U Minorai Kalondan sal keyinroq XII asrda 
qurilgan barpo etilgan, XIV asrda esa qayta tiklangan.
 
Mag'oki Attor masjidi uncha katta bo'lmagan kvartal ichidagi inshoot 
hisoblanadi. U bino assimetrik qoidaga binoan tiklangan. Kirish eshigi arkasi 
hamda portal gumbazining shakli ham o'zgacha ishlangan. 
Masjidning dastlabki holatidan faqat bosh fasad arxitekturaviy elementlari 
bilan birga saqlangan. Devorlari kesilgan va kesilmagan, o'yilgan va o'yilmagan 
g'ishtlardan, ularning to'plamidan bezakli qilib ishlangan. Inshootni barpo 
etishda kesilgan terrakotali plitkalar bilan to'ldirilgan relyefli yechim 
qo'llanilgan. Arkaning kuchaytirilgan konstruksiyasi moviy sayqal holda 
ajratib ko'rsatilgan, inshootga yozuvlar ham tushirilgan. Olti ustunli ko'p 
burchakli masjid intereriga bezak berilmagan.
 
 Chashma Ayub maqbarasi.
Chashma Ayub maqbarasi Amir Temur 
farmoy'shi b
;i
an 137Q-yilda qurilgan. U hozirgi Somoniylar parki 
hududida, bog'ning shimoliy tomonida joylashgan.
 
Maqbaraning eng qadimgi qismi kvadrat tarhdagi (4,5x4,5 m) go'rxona bo'lib, 
ziyoratchilar uchun o'z vaqtida ikki yonida ikkita eshigi ham bo‘lgan. Old 
tomoniga toqli bino (4,5x4,5 m) tutashtirilgan, u maqbaraga peshtoq bo'lib xizmat 
qilgan. Go'rxona qo'sh gumbaz, peshtoq va kichik gumbaz bilan qoplangan, uning 


ostida Chashma Ayub nomli payg'ambarga atalgan muqaddas quduq bor, binoning 
nomi ham shundan kelib chiqqan. 
Keyinchalik maqbaraga taqab gumbazli zal, burchaklarida minorali dahliz 
qurilgan. Shunday qilib, maqbara g'arbdan sharqqa tomon cho'zilgan, u to'g'ri 
to'rtburchak shakliga (10x26 m) kelib, binoning qadimgi qismi ichkarida qolgan. 
To'rt bo‘limdan iborat maqbaraning har binosi gumbaz bilan qoplangan, ular bir-
biriga o'xshamaydi. 
Inshoot devorlar bilan o'ralgan va Xorazm me'morchiligi an'anasi - 
konussimon gumbaz bilan yopilgan bir necha xonalardan iborat bo'lgan to'g'ri 
to'rtburchak shaklida ishlangan. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin