G'ijduvonda (1433-yil) ham madrasalar qurdirilgan
.
Demak, Temuriylar
davrida Buxoroda
nafaqat din, balki maorif ham rivoj topgan.
Buxoro shahridagi madrasa Mirzo Ulug'bek barpo ettirgan uch madrasaning
eng qadimiysidir. Ushbu madrasa to'gri to'rtburchak shaklida, old eshigi serhasham
peshtoqli ishlangan. Kiraverish - yo'lak (miyon xona) ning bir tomonida darsxona,
ikkinchi tomonida masjid joylashgan. Miyonxonaning ikkinchi qavatida kutubxona
faoliyat ko'rsatgan. Madrasa hovlisida yana ikkita peshtoq bo'lib, ularning har
ikkala tomonida minoralar qurilgan. Peshtoqlar pastidan
yuqorisigacha bejirim
g'ishtchalar, guldor koshinlaradan ishlangan hoshiyador naqshlar bilan bezatilgan.
Madrasaning fasadi kishini hayratga solarli darajada uyg'un, shakli vazmin va tik,
proporsiyasi e‘t- iborni tortadigan, konstruksiyasi va bezagi o'ziga mosdir.
G'ijduvonda bunyod etilgan madrasa nisbatan kichik va soddaroqdir. Madrasa
bir qavatli, tarhi kvadrat bo'lib, hovli, masjid, darsxona va yotoqxonalardan iborat
.
Binoning old tomonida peshtoq, uning yonlarida minoralar barpo etilgan.
Eshik qarshisida g'arbiy
devorga ravoq ishlangan, uning ichi koshin bilan
bezatilgan. Hovlini ng yonida beshtadan hujra bor. Ushbu madrasa oxirgi marta
2003-yilda ta'mirlangan.
Temuriylar davr me'morchiligida peshtoqilarning
ikki yonboshida minoralar
o'rnatish odat tusiga aylangan, keyinchalik bu yechimdan qaytilgan va peshtoqilar
proporsya qoidasi bilan ishlangan.
Dostları ilə paylaş: