Pahlavon Mahmud maqbarasi.
Xiva arxitektura
yodgorliklaridan biri
Pahlavon Mahmud maqbarasidir. U moviy gumbazli xonaqoh, maqbara va
ziyoratxonadan iborat kompleksdir. Maqbara Pahlavon Mahmud daxmasi ustida
1664-yilda qurilgan kichik sinch imorat o'rnida 1810-1835-yillarda
bunyod
etilgan. Unga peshtoq darvozaxona orqali kiriladi, so'ng kichik hovliga o'tiladi.
Qarshisida buyuk peshtoq va gumbazli xonaqoh, maqbara, g'arbda qorixona,
sharqda nafis o'ymakor ustunli ayvon joylashgan. Hovli sahnida «muqaddas»
quduq bor.
Xonaqoh peshtoqining yuzasi g'ishtin; gumbazi
moviy rang sirkor koshinlar
bilan bezatilgan. Maqbaraning ichkarisi ham gumbaz qubbalarigacha moviy rang
sopol bilan juda nozik va nafis ishlangan. Bezak gullar orasidagi so'zlar Pahlavon
Mahmud ruboiylaridan keltirilgan.
1913-yilda Pahlavon Mahmud maqbarasi hovlining g'arbiga ikki qavatli
qorixona, uning qarshisiga ayvon qurilgan. Kompleks Xiva me'morchiligining
noyob namunasi bo'lib, unda XIX asrdagi badiiy san'at uslubi yorqin aks etgan.
Arxitekturaviy inshootlar zilzilabardoshligi.
Qadimgi Xiva me'morlari
tarixiy obidalarning zilzilabardoshligiga ham e'tibor berganlar. Yerni tekislab
bo'lgach, uni ganch yoki gil qorishmasi bilan qoplaganlar (masalan,
Xivada
Sherg'ozixon madrasasi), so'ngra qum solganlar. Bu yo'l bilan, birinchidan -
poydevorni yer osti sho'r suvlaridan himoya qilganlar, ikkinchidan -
seymoizolyatsiya tadbirlarini amalga oshirganlar. Zilzila to'lqinlari
bu qatlamda
ancha so'nib qolgan.
Geologik va gidrogeologik sharoitlardan kelib chiqib, poydevor qismi 0,5 m
dan 2,0 m gacha chuqurlikda o'rnatilgan. G'ishtlarning poydevor konstruksiyasida
yotiq qatorlar bo'ylab emas, balki yon tomoni bilan yuzma-yuz qilib terilganligi
zilzila vaqtida seysmik kuchlarni bir tekisda taqsimlanishiga imkoniyat yaratgan.
Inshootning yer usti qismida, 0,5 m balandlikda yog'och g'o'la yoki toshlardan
maxsus qorishma bilan prokladka qo'yilgan. Ko'pchilik hollarda prokladka sifatida
bir necha qatlam qamish ishlatilgan. Bu tadbir seysmik to'lqin energiyasini ancha
yutgan va tepaga deyarli kam qismini o'tkazgan. Bu
gidroizolyatsiya vazifasini
ham o'tagan.
Qadimiy mas'ul obyektlardan muhimi minoradir. Uni ustalaridan hisoblash
matematikasi, geometriya, arxitektura va proporsiyalarning uyg'unligini seza olish
malakalari talab etilgan. Injenerlik yechim nuqtai - nazaridan minorani zilzila
vaqtidagi holatini tashhislash qiyin masala hisoblanadi.
Minora balandligining oshib borishi, uning
inersiya massasini oshishiga,
boshqacha aytganda, zilzila davrida seysmik kuchlarning kattalashuviga olib
keladi. Minora balandligiga qarab zilzila inshootni egilish yoki ko'chishiga olib
kelishi mumkin. Bu masalani hal qilish uchun me'morlar va binokorlar dono
yechim ishlab chiqqanlar. Minora balandlashgan sari
uning diametri kichiklasha
borgan. Bu me'moriy yechim zilzila vaqtida inshootni ustivorligini ta'minlay olgan.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli
ta‘lim, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.
Dostları ilə paylaş: