GLOSSARIY
Paleografiya –
Paleografiya so‗zi istiloh sifatida ikkita yunoncha so‗zdan
tashkil topgan: «palayos» – qadimgi va «grafo» – yozaman. Paleografiya fani
qo‗lyozma manbalarning tashqi byelgi-xususiyatlarini tarixiy rivojlanishda
o‗rganadi.
Epigrafika –
Epigrafika qattiq jismlar – tosh, metall, sopol va me'moriy
yodgorliklarning u yoki bu qismiga yozilgan qadimiy va o‗rta asrlarga oid
yozuvlar (bitiklar)ni to‗plash, ularni tadqiq qilish, nashr etish va sharhlash bilan
shug‗ullanuvchi yordamchi tarix fanidir.
Arxeografiya –
Arxeografiya – yordamchi tarix fanlaridan biri bo‗lib,
qo‗lyozma manbalar va arxiv hujjatlarini qayta ishlash usullari va ularni nashrga
tayyorlashning qoida va usullarini o‗rgatadigan fandir. Tarixiy manbalarni nashr
qilish birinchi marta XV asrda G‗arbiy Yevropada paydo bo‗lgan. O‗rta asr tarixiy
manbalarining birinchi tanqidiy nashri esa XVI asrda paydo bo‗lgan. O‗zbekiston
bir necha ming yillik davrni o‗z ichiga olgan boy arxeografik materiallar, ya'ni
tarixiy hujjatlar va qo‗lyozmalarga ega. Arxeografiyaning bu kabi namunalari
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar Akadyemiyasi Sharqshunoslik institutida, arxiv
va muzeylarda to‗plangan.
Manbashunoslik
– tarixiy manbalarni izlab topish, qayd etish, to‗plash,
o‗rganish va qo‗llanish nazariyasi va amaliy usullari haqidagi fan. Manbashunoslik
tarixshunoslikda yordamchi fan sohalari (arxeografiyaarxivshunoslik, genealogiya
– nasabshunoslik, metrologiya – o‗lchovshunoslik epigrafika, tekstologiya –
matnshu noslik, xronologiya – davrshunoslik, geraldika – gerbshunoslik,
numizmatika – tangashunoslik va sfragistika – muhrshunoslik) qatorida yetakchi
o‗rinda turuvchi alohida ilmiy soha. Manbashunoslikning bevosita tadqiqoti yozma
manbalar ustida bo‗lsada, ammo, uning asosiy ilmiy va amaliy uslubiyati tarixiy
qadriyatlarning barcha turlarini o‗rganishda va tanqidiy tahlil etishda qo‗llaniladi.
Manbashunoslik ikkiga – amaliy va nazariy manbashunoslikka bo‗linadi.
Dostları ilə paylaş: