Izora –
panel, devorning pastki bezak qismi.
Iroqi –
muqarnas turi, shaklli ravoqchalar o‗zaro kesishishi asosida yasaladi.
Islimiy
– o‗simlik shoxlari ko‗rinishidagi naqsh turi
Koshin –
yuzasiga sir berib pishirilgan sopol yoki g‗ishtcha.
Kungura –
devor tepasidagi tish qatori.
Kundal –
devoriy bezak turi. Mo‗yqalam bilan devorga surtilgan qizil kesak
bo‗rtma
shakl oladi, ustidan bo‗yoq va zarhal beriladi.
Kursi –
binoning pastki qismi, ustun asosi.
Linga –
ravoq yoki gumbaz bog‗lashda ishlatiladigan yog‗och (ganch) qolip
chizig‗i.
Maqbara –
turbat, marqad, qabr ustiga qurilgan bino.
Mehrob –
masjid ichidagi ravoqli sajdagoh.
Muqarnas –
ravoqli kosachalardan tashkil
topgan murakkab hajmdagi
bezak turi, karniz
shaklidagi muqarnasga
sharafa
deyiladi.
Peshtoq –
binolarning kirish qismidagi usti baland ko‗tarilgan ravoqli qismi.
Parchin –
mayolika, rang-barang sir berib pishirilgan koshin.
Pilpoya –
pilon, gumbaz va tomlarni ko‗taruvchi ustunga o‗xshash g‗ishtin
tirgak.
Sardoba –
usti gumbaz bilan berkitilgan hovuz.
Tanob –
naqsh asosini tashkil etuvchi o‗zak yo‗l.
Tarz –
bino fasadi, umumiy tashqi ko‗rinishi.
Tarh –
bino plani, umuman turli hajmdagi bezak
yoki konstruksiyalarning
muqarnas, iroqi, gumbaz va ravoq kabi) gorizontal tekislikdagi proyeksiyasi.
Tim –
usti berk bozor binosi.
Vassa
– ayvonni yopishda bolorlar (to‗sinlar)
ustidan teriladigan yarim
shaklidagi taxta
Dostları ilə paylaş: