Muhammad Aminxon madrasasi me'morchiligi.
1851-1852-yillarda
Ichan qal'ada Muhammad Aminxon madrasa qurilgan
.
Madrasa va
minorani Xivadagi eng katta va go'zal ansambl qilish mo'ljallangan,
biroq ishlar oxirigacha yetmay qolgan.
Madrasaning baland va bezakdor peshtoqi o'ziga xos mayda ravoqchalarga
bo'lingan, burchaklaridagi mezanali burjlar binoga salobot va go'zal ko‘rk
bag'ishlab turibdi. Bino arxitekturasida Xiva me'morchiligidagi badiiy va
konstruktiv uslublarning eng yaxshi namunalari qo'llanilgan. Madrasa ikki qavatli
bo'lib, birinchi qavatda hujralar dahlizli, ikkinchi qavatda esa hujralar peshayvonli
qilib bunyod etilgan.
Bu uslub Xiva madrasalarida ilk bor ushbu binoda qo'llanilgan. Ayvonlarning
qurilishi sodda bo'lib hovlining umumiy arxitekturasiga mosdir. Ikki qavatli
ayvonlardagi bag'allar va qarama-qarshi qo'yilgan peshtoqlar sirkor parchinlar
bilan naqshlangan. Hujralar tepasi baxmal gumbaz bilan berkitilgan. Katta
xonalarining gumbazlari burchaklardan chiqarilgan toqi qiya sath-qanosga
(parusga) qo'yilgan. Peshtoqning yarim gumbaz tashkil etuvchi olti qirrali ko'rkam
ravog'i ham sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Masjidning baland gumbazi
peshtoqdan ancha yuqori ko'tarilib turadi. Madrasaning umumiy ko'rinishidagi
bunday assimetrik holat uning yonida baland minora ham bo'lishini taqozo
etgandek tuyuladi. Bunday uslub keyinroq Islomxo'ja madrasasi va minorasi
kompleksida takrorlangan.
Kalta Minor.
Kalta Minor Muhammad Aminxon madrasasi yonida 1855-
yilda qurila boshlangan. Xonning fikricha, bu minora Markaziy Osiyodagi
minoralarning eng go'zal eng kattasi va eng balandi bo'lish kerak edi lekin uning
xotinini bevaqt o'limi tufayli minora oxirigacha qurilmay chala qolgan; Kalta nomi
ham ana shundan qolgan. Inshootning hozirgi balandligi 26m, asosining diametri
14,2 m ni tashkil etadi. O'z salobati, ko'lami, oq, yashil, firuza rangdagi koshinli
naqshlari bilan minora jozibadordir. Uning bezagida ko'k-firuza rangli koshinlar
ko'p ishlatilgan, shu tufayii u Ko'k Minor deb ham ataladi.
Dostları ilə paylaş: