Shamsidin Somiyning «Qomus-ul-a’lom»



Yüklə 43 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü43 Kb.
#186116
  1   2   3
PAHLAVON MAHMUD


PAHLAVON MAHMUD


Pahlavon Mahmud (1247-1326) – ulug’ shoir, mutafakkir, faylasuf. Xivada tug’ilgan.
Shamsidin Somiyning «Qomus-ul-a’lom», Lutf Alibek Ozarning «Otashkada» asarlarida shuningdek «Manoqiba»da yozilishicha, Pahlavon Mahmud olim, shoir, kuragi erga tegmagan pahlavon, shu bilan birga po’stindo’z va telpakdo’z usta bo’lgan.
Uning «Kanzul haqoyiq» («Haqiqatlar xazinasi») nomli masnaviy yaratgani haqida ma’lumot bor. Pahlavon Mahmudning ruboiylari mashhurdir. Shoir o’z ruboiylarini fors-tojik tilida yozgan. Bu durdonalar asrlardan asrga o’tib, bir necha avlodni tarbiyalab, bizning zamongacha etib keldi.
Tarixda Pahlavon Abusaid Rumiy (XV asr), Pahlavon Mahmud Ushshoq (XV asr) kabi allomalar nomi ham ma’lumdir. Har ikkala Pahlavon musiqashunos, hofiz, bastakor sifatida dong taratgan. Pahlavon Mahmud Xorazmiy esa ruboiylari bilan tarixda qolgan. Har uchchalalari ham maydonlarda kurash tushgani uchun Pahlavon degan nom olganlar.
Pahlavon Mahmud ruboiylarini o’zbekchaga To’xtasin Jalolov, Muinzoda, Vasfiy, Matnazar Abdulhakim, Ergash Ochilovlar tarjima qilgan.
To’xtasin Jalolovning yozishicha, Pahlavon Mahmud ruboiylarining Muhammad Rahimxon Feruz, shuningdek Hasan Murod Qori va boshqa hattotlar tomonidan ko’chirilgan nusxalari ham bor ekan. «Hazrat Pahlavon hikoyatlari», «Manoqibi Pahlavon Mahmud» kabi risolalar alloma hayoti haqida xabar beradi.
Uni Xorazmda Pahlavon Mahmud, Polvonpir desalar, kitobu tazkiralarda Hazrat Pahlavon, Mahmud Piryovaliy, Mahmud Puryovaliy deb tilga olganlar. «Otashkada» va «Qomus-ul-a’lom» da ta’kidlanishicha, Pahlavon Mahmudning jangovarligini, jasurligini bildiruvchi Qitoli taxallusi ham bo’lgan. Chunonchi:
Daste namerasad chu Qitoli ba zulfi yor,
Quvvat zi po-u zo’r bozu nihodasi.

Mazmuni: Qitoli kabi qo’limiz yor zulfiga etmas, garchi bor quvvat bilan harakat etamiz.
«G’iyos-ul lug’ot»da: «Puryovaliy - Mahmud Xorazmiyning laqabi. Ba’zan bu so’z majoziy ma’noda pahlavonlar boshlig’i hisoblanadigan keksa polvonga ham berilgan», deb yozilgandir.
Eron olimi Said Nafisiy: «Futuvvat - juvonmardlik guruhining peshvolaridan biri mashhur shoir Pahlavon Mahmud Xorazmiydir», deydi.
Darvoqe, Pahlavon Mahmud po’stindo’z va telpakdo’z dedik, chunki u tariqat pirlaridan edi. Hazrat Bahouddin matoga gul solish kasbi bilan mashhur bo’lgan. Zero, tariqat pirlari ma’lum bir kasbni o’rganib, shundan rizq-ro’zlarini o’tkazgan. Payg’ambar alayhis-salomning: «Qur’onni o’qib, unga amal qilinglar. Undan uzoqlashib ham ketmanglar, uning ma’nosiga chuqur etaman deb, xato va mubolag’aga berilmang, uni tirikchilik vositasi qilib, molu dunyo orttirishga ham o’tmanglar», hadislariga tariqat pirlari amal qilganlar.
Naql qilinishicha, Pahlavon Mahmud Eron va Hindistonda ancha yillar yashagan. Ma’rakalarda kurash tushgan va uni hech kim enga olmagan. Pahlavon Mahmud oliyhimmat, mard, saxiy, vatanparvar inson bo’lgan.
«Manoqiba»dagi xabarga ko’ra, Pahlavon Mahmud Hindiston xalqi tomonida turib, Hindiston dushmanlariga qarshi jangda ishtirok etibdi. Jang payti o’z jonini xatarga qo’yib bo’lsada, Hind shohi Ray Ropoy Cho’pani o’limdan qutqaradi. Shunda shoh Pahlavon Mahmudning bemisl bu jasorati, mardligini taqdirlamoqchi bo’lib: «Tila tilagingni!», debdi. Pahlavon Mahmud: «Ey buyuk shoh! Bundan ancha yillar muqaddam mening vatandoshlarim - xorazmiylar bu erga asir qilib olib kelingan. O’shalarni ozod etsangiz. Birdan bir tilagim shu!», debdi. Shoh hayron bo’lib: «Ey himmati baland pahlavon! Agar yarim davlatimni tilaganingda edi, uni gap-so’zsiz senga in’om qilgan bo’lurdim. Agar sohibjamol qizimni o’z nikohingga olmoqni so’raganingda edi, seni o’zimga kuyov etib, toju taxtimni senga bag’ishlagan bo’lurdim. Zero, jasorating ulkan mukofotga munosibdir. Mayli, tilagingni bajo keltirdim. Vatandoshlaring ozod! Ularni Xorazmga borgunlaricha egulik oziq-ovqat, kiyim-bosh, ulov bilan ta’minlashni ham buyuraman!», debdi.
Pahlavon Mahmud shohga qarab quyidagi ruboyisini o’qibdi:
O’z nafsiga kim bo’lsa amir,uldir – mard.
Xam o’zgaga bo’lmasa haqir, uldir – mard.
Utmak sira mag’lubni teppb mardlik emas,
Tutsa qo’lidan zabunni er, uldur — mard.


Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin