E. Ochilov tarjimasi
Shoir ruboyisini eshitgan shoh qoyil bo’lib, unga sarpo va ulov in’om qilibdi.
Pahlavon Mahmud Hindistondan o’z vatandoshlarini olib, Xorazmga qaytgan. Mo’g’ul-totor bosqinchilariga qarshi jangda shahid bo’lgan vatandoshlari qabri ustida shoir o’z mablag’i hisobidan maqbara qurdirgan va u erni obod ziyoratgoh etgan.
Pahlavon Mahmud marhum bo’lgandan so’ng, qabri ustiga vatandoshlari purshukuh maqbara qurganlar. Butun olamdan yog’ilib kelayotgan sayyohlar pirimiz, ulug’ shoir, mard inson qabrini ziyorat qiladilar. Maqbara devorlariga, peshtoqlariga shoirning ruboiylari darj qilingan. Bu ziyoratgoh Xivada Hazrati Pahlavop pir nomi bilan mashhur.
Keyinchalik ustoz Pahlavon Mahmud maqbarasi atrofida Xorazm xonlaridan Abdulg’ozixon, Shohniyozxon, Muhammad Rahimxon I, Temurg’ozixon va boshqalarni vasiyatlariga ko’ra dafn qilganlar.
Shuni ham ta’kidlash joizki, Pahlavon Mahmud ruboiylarida Qur’oni karim va Hadisi sharif ta’siri kuchli. Zero, Sharqdagi deyarli barcha shoirlar bu ikki ulug’ manba’dan bahramand bo’lib, ijod qilganlari sir emas.
RUBOIYLAR
Umrimpz daraxtin past qilma, Rabbiy,
Borliq sharobidan mast qilma, Rabbiy.
O’zing karam birla mard yigitlarni
Nokaslarga zeri dast qilma, Rabbiy.
Jahon chehra - rangu ro’yi o’zingsan,
Aql, daryo - uning suyi o’zingsan.
Gul bargida shabnamdayin o’tirma,
Bu bog’chaning rangu bo’yi o’zingsan.
To’xtasin Jalolov tarjimalari.
Ey do’st, qani ayt, jonmi kerak, jon berayii
Har ne eng aziz, sen so’ra, shul on berayin men
Ey kofiri shaddod, manim qoshima bir kel,
Zunoring olib, o’rniga iymon berayin men.
Qalbingdagi shak-shubha, gumon ketmishdir,
Ruh quvvati ham bir kun, inon, ketmishdir.
Topdim deb aniq nishonni mag’rurlanma,
Topgan u nishoning benishon ketmishdir.
Gar haq deya jim tortsa fig’on do’st.- chin do’st.
Qilguvchi ibodatni nihon-chin do’st.
Ko’z-ko’zlama hech berganu olgan noning,
Non do’sti emas, aslida jon do’st - chin do’st.
Bog’manu bag’rimda chaman -nolalarim,
Dardimni bilib bosh egdi lol lolalarim.
Ikki ko’zim ikki ulug’ daryodir,
Qolgan bari daryolar esa bolalarim.
Dostları ilə paylaş: |