Shamsidin Somiyning «Qomus-ul-a’lom»


Matnazar Abdulhakim tarjimasi



Yüklə 43 Kb.
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü43 Kb.
#186116
1   2   3
PAHLAVON MAHMUD

Matnazar Abdulhakim tarjimasi

PAHLAVON MAHMUD MAQBARASI



Pahlavon Mahmud maqbarasi asosan XIV-asrda kichik go‘rxona shaklida qurilgan bo‘lib unda o‘z davrining katta “Piri” - Pahlavon Mahmud (1247-1326) jasadi ko‘milgan. Pahlavon Mahmud 1247 yilda Xiva shahrida po‘stindo‘z (kosib-hunarmand) oilasida tug‘ilgan. Yoshlik yillarda ota kasbi po‘stindo‘zlik bilan shug‘ullangan, so‘ngra xat-savod chiqarib, buyuk shoir faylasuf darajasiga erishgan. U juda ham zabardast pahlavon bo‘lib 79 yillik hayotida biron marta kuragi erga tegmagan.
Pahlavon Mahmud haqida ko‘plab rivoyatlar saqlanib qolgan. Shulardan biri: Bir zamonlar Xivani o‘rnida suvsiz dasht bo‘lgan. Ko‘hna Urganch vayron qilinganidan so‘ng mo‘g‘ullar istilosidan keyin, uning aholisi har tomonga tarqalib ketgan. Shu jumladan Pahlavon Mahmudning onasi ham homilador holida Xiva atrofiga etib kelib, hozirgi Qiyot qishlog‘ida o‘g‘il tuqqan. Bu bola 15 yoshga etgan mard kurashchi, mashhur pahlavon bo‘lib nom chiqargan. U uzoq mamlakatdagi bir podshoni zo‘r pahlavonlarini enggan. Podsho xivalik pahlavonning kuchiga qoyil qolib unga “Senga nima kerak bo‘lsa so‘ragin” -debdi. Pahlavon Mahmud podshoga: “Menga bir ho‘kizni xomiga (ho‘kiz terisiga) siqqan vatandoshlarimni ozod qilib bering” - deb javob qilibdi. Podsho rozi bo‘libdi va ho‘kiz terisini keltirishni buyuribdi. Pahlavon Mahmud teridan ingichka tasmalar qirqib olgan va ularni bir-biriga ulab uzun kamar (qo‘ra) qilib shunga siqquncha odamlarni olib Xivaga jo‘nagan, u bilan kelgan odamlarni shahar tashqarisidagi Shixlar qishlog‘iga joylashtirgan, hozirgi vaqtgacha qishloq aholisini ko‘pchiligi bu rivoyat haqiqat, inqilobgacha bo‘lgan davrda qishloq aholisi Pahlavon Mahmud maqbarasida xizmatda bo‘lishgan deb aytishadi.
Mazkur afsona Pahlavon Mahmudning naqadar donishmand, buyuk xalqparvar inson bo‘lganini namoyish etadi. Uni zamonasini ilg‘or va hur fikrli faylasuf olimi, katta iste’dod va zakovat egasi, shoirlik mushohadasi jihatidan “Xorazm Xayyomi” deb ham atashgan. Bu bejiz emas albatta. Tadqiqotchi olimlarning fikricha, Pahlavon Mahmud she’rda ham, falsafada ham Umar Xayyomning zakovatli davomchisigina bo‘lib qolmay balki forsiy, turkiy xalqlar adabiyotida ham Xayyomdan so‘ng ruboiy yozishda unga teng keladigan shoir bo‘lgan emas. Hatto Abdurahmon Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bobur kabi buyuk shoirlar ham o‘z kuchlarini ruboiyda sinab ko‘rsada, bu janr ular ijodida 2-o‘rinda turgan. Falsafiy va badiiy g‘oyalar asriy ruxida rivojlantirilib, Xayyomshunoslikni yuksak darajaga ko‘targan.
Pahlavon Mahmud sharq adabiyotida alohida o‘rin egallaydi. Pahlavon Mahmudni shu davrda “Xorazm Xayyomi” , “Mazondaron yo‘lbarsi” deb ulug‘lashgan. U “Qitoli”,-jangchi taxallusi bilan g‘azallar bitgan, u “Kanz ul-haqoyiq”,- Haqiqatlar xazinasi 1303-04y” nomli asar yozgan, lekin asar hali topilmagan. Uning teran mazmunli nafis va o‘ynaqi, zo‘r san’atkorona ruboiylari “Xayyomnoma” ruhda ekanligini qarang.
Dunyo bamisoli bir zarrin ko‘za,
Suvi goh shirinu, goh achchiq bo‘za.
E g‘ofil, umringga bino qo‘yma ko‘p,
Qazoi mualliq turar bosh uzra.
* * *
Dunyo binokori tuzar qasr- ayvon,
Tuzib bo‘ladi-yu, qiladi vayron.
Falakka etkazib bugun toqini,
Ertaga etadi er bilan yakson.
Bunday satrlarni o‘qigan kishi shoirning dunyoqarashining qudratini uning insonparvarlik tuyg‘ularini ham sezadi. Asli tasarruf tariqatini panteizm (vahdatul mavjud) oqimiga mansub Pahlavon Mahmud insonning aqliy va ijodiy imkoniyatlariga yuksak baho beradi.
Pahlavon Mahmudning tarixiy tarjimai holini tiklashda ko‘p xizmatlar qilgan, uning noyob ruboiylarini nashrga tayyorlagan To‘xtasin Jalolov shunday yozadi: «Shuni alohida qayd qilish lozimki shoirning tug‘ilib yashagan davri Xorazm tarixidagi eng og‘ir musibatlar keltirilgan Chingizxonning qonli yurishlaridan keyingi 10 yilliklarga to‘g‘ri kelgan, shunday dahshatli balolarni boshidan kechirgan vatanda, unga etkazilgan katta jarohatlar hali bitib ulgurmagan bir davrda, dunyoga kelgan buyuk zabardas shoirning qalbi dengiz to‘lqinlaridek qaynab quyulganligi kishini xayratda qoldiradi.
Shoirning vasiyatiga ko‘ra, jasadi o‘zining po‘stindo‘zlik ustaxonasiga dafn qilingan. Uni ko‘p qirrali amaliy va ijodiy faoliyati shunchalik zo‘r bo‘lganki shoir vafotidan keyin uzoq vaqt o‘tmay katta avliyolar qatoriga kiritilgan, qabri esa ziyoratgohga aylangan. Pahlavon Mahmud maqbarasi vaqt o‘tishi bilan ko‘pgina xuk mdorlar tomonidan aziz sanalib obod qilingan.
Tarixiy manbalarda maqbaraga Amir Temur tomonidan eshik o‘rnatilgani yoziladi. Maqbara ichida Abulg‘ozixon, Anushaxon va Arangxonlarning qabri borligi ular xukmdorlik qilgan davrlarida ham shoir qabri obod bo‘lganligidan dalolat beradi.1701-1702 yillarda Xiva xoni Shoniyozxon maqbarani yangidan quradi, bu davrdan bizga maqbaraga kiraverishdagi eshik yodgor qolgan. Eshikdagi yozuvlardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, unda qur’on oyati, hadis va she’riy tarixlar bitilgan, turunch, madohil va boshqa islimiy gullar bilan bezatilgan.Ushbu eshikda yozuvdan bir parchani keltiramiz:
“Xasta dillarni duolarini mustajob qilg‘uvchi bu nurli bino Shoh Niyoz xon tomonidan 1702 yilda ta’mirlanib quduq ham qazilgan.Uning o‘zi ham shu joyga dafn qilingan. O‘ymakor usta Nodir Muhammad”.
Hozirgi maqbara Muhammad Rahimxon-I (1806-1825 ) tomonidan 1810 yilda Qo‘ng‘irot shahriga qilingan muvaffaqiyatli yurishdan so‘ng qurila boshlagan va uning o‘g‘li Ollaqulixon davrida qurib bitkazilgan. Maqbara 3 ta qismdan iborat. Qabrxona, Xonaqo va Yo‘lak. Maqbaraning g‘arbiy qismida joylashgan xonaga Pahlavon Mahmud dafn qilingan.Xonaqoni shimoliy devori yonida Muhammad Rahimxon qabri joylashgan, uning yaqiniga esa Xiva xonlari Abulg‘ozixon va Anushaxonlarning qabr toshlari o‘rnatilgan. Yo‘lakda esa Ollaqulixon dafn etilgan. Pahlavon Mahmud maqbarasi atrofi XIX asr oxiriga kelib Xiva xonlari va ularning yaqinlari dafn qilinadigan xilxonaga aylantirilgan. Bino qurilishini Hazorasplik usta Odinamuhammad Murod boshqargan, usta katta-kichik jismlarni (sirli koshin) yagona memorchilik inshootiga mohirlik bilan birlashtira olgan, irkor bezaklar sag‘anani, tashqi gumbaz va peshtoq qismini bezab turardi, shu vaqtda xonalarning ichi ganch suvoq qilingan edi. 1825 yilga kelib Olloqulixon (1825-1842 ) buyrug‘i bilan qabrxona, ya’ni ziyoratxonaga va xonaqoga sirkor bezak berildi. Xuddi shu davrda ziyoratxona va qabrxona gumbazlari tashqi tomondan zangori yashil sirkor g‘ishtchalar bilan qoplandi. Maqbara peshtoqining ba’zi ko‘chib ketgan koshinlari o‘rniga o‘ziga o‘xshatib yangi koshinlar o‘rnatildi.
Gumbazli dolondagi bir xonaning old tomoni besh qirrali shaklga keltirilib, Olloqulixon sag‘anasi shu erga qo‘yilgan. Xona devorlari bezakdor sirli koshinlar bilan qoplandi va mis panjara o‘rnatilgan. Qurilish ishlarida Xivalik ustalardan Mulla Nurmuhammad usta-Qalandar o‘g‘li, So‘fimuhammad Niyoz usta- Abdujabbor o‘g‘li va usta Abdulla “jin”lar o‘zlarining nodir san’atlarini ko‘rsatib bera olishgan. Katta xonaqoni (balandligi 25 metrlik) tepasiga ustalar islimiy naqshlar bilan birga, bezaklar orasidagi kitobalarga Pahlavon Mahmudning 22 ta ruboiylarini, ustalarning ismlarini, hadislarni, tarixlarni o‘zi ijod qilgan fors tilida bitganlar. Bundan tashqari qabrxonaga kiraverishdagi eshik tepasiga shoirning ushbu ruboiysi fors tilida bitilgan:
Uch yuz Ko‘hi Qofni kelida tuymoq,
Dil qonidan bermoq falakka bo‘yoq.
Yoinki bir asr zindonda yotmoq,
Nodon suhbatidan ko‘ra yaxshiroq.
1910-1913 yillarda maqbaraning g‘arbiy qismida Xiva xoni Isfandiyorxon (1910-1918 ) onasi, o‘zi va o‘g‘li uchun qabrxona va to‘rtta hujradan iborat ikki oshyonli qorixona bunyod qildirgan. Qurilish ishlariga usta Qurbonniyoz boshchilik qilib, qorixona qarshisiga o‘ymakori ustunli ayvon qurilgan.
Pahlavon Mahmud majmuasi 1960 yilda usta Ro‘zmat Masharipov “Ro‘zmat arbob” ishtirokida katta gumbazning usti, qorixona va ayvon ta’mirlanib maqbaraga qayta jon bag‘ishlangan. Hozirgi vaqtda binoda O‘zbekiston Musulmonlarning diniy idorasi, “Pahlavon Mahmud jamg‘armasi” faoliyat ko‘rsatmoqda.
Inshootning ayrim joylari ta’mirtalab bo‘lganligi uchun 2007 yilda, ayvon ustunlari, yo‘laklar, quduq atrofi va uning tepasidagi chiroyli oshyonli yog‘och gumbaz, peshtoqning ba’zi tushib ketgan sirli koshinlari qayta ta’mirlandi.
Mazmunan boy va teran, shaklan pishiq va go‘zal falsafiy ruboiylari tufayli «Xorazm Xayyomi» nomi bilan shuhrat qozongan bu ulug‘ inson Pahlavon Mahmud, Puryorvaliy deb dovrug‘ taratgan hassos shoir, yengilmas pahlavon va mashhur avliyodir. Eron, Hind kabi ko‘plab Sharq mamlakatlaridagi kurash musobaqalarida qatnashib, hamisha zafar quchgan, bir umr kuragi yerga tegmay, mamlakatning birinchi polvoni, pahlavonlar peshvosi bo‘lgan.
Ko‘pgina manbalarda shoirning «Kanz ul-haqoyiq» («Haqiqatlar xazinasi») nomli masnaviysi borligi aytiladi. Ammo Yo. Ishoqovning ma’lumot berishicha, eronlik olim Said Muhammad Ali Safir 1967 yili uni Mahmud Shabustariyga nisbat berib, nashr ettirgan.
Pahlavon Mahmud «din nazariyasi, falsafa va mantiqqa doir bir necha risolalar yozgan» bo‘lsa-da, ular hozirgacha topilgan emas. Pahlavon Mahmudning vasiyatiga ko‘ra shogirdlari uni o‘zining po‘stindo‘zlik do‘koni atrofiga dafn etganlar. Keyinchalik u qabr ustida maqbara tiklanib, avliyo poyiga Qo‘ng‘irot urug‘idan bo‘lgan Xiva xonlari ko‘milgan. Bu maqbara nodir me’morchilik yodgorligi sifatida mana necha asrdirki, barchaning diqqatini o‘ziga tortib kelmoqda. Dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan sayyohlar bu buyuk insonning qabrini ziyorat qiladilar. Maqbara devorlariga shoir ruboiylari darj etilgan.
Pahlavon Mahmud Xivadagi futuvvatchilar jamoasining boshlig‘i, javonmardlar peshvosi bo‘lgan. Uning o‘zi ham mardlik va saxovatning eng oliy namunalarini ko‘rsatib, boshqalarga ibrat bo‘lgan. Ruboiylarida futuvvatning nazariy qoidalarini bayon qilgan.
Ma’lumki, javonmardlikka ko‘proq pahlavonlar talabgor bo‘lganlar. Shu jihatdan, Pahlavon Mahmud pahlavonlarni tarbiyalovchi ustozgina bo‘lib qolmay, balki javonmardlik odobini o‘rgatuvchi pir ham edi. Javonmardlarning shiori dunyodagi yovuzlikning barcha ko‘rinishlariga qarshi hamisha, hamma yerda ezgulikni himoya qilish, targ‘ib etish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bu g‘oyalar Pahlavon Mahmudning ko‘pgina ruboiylarida o‘z aksini topgan.
Pahlavon Mahmud hayoti va ijodini o‘rganish, ruboiylarini topib, xalqqa yetkazishda taniqli olim va zabardast mutarjim To‘xtasin Jalolovning xizmatlari katta. Shoir ruboiylarini, shuningdek, Muinzoda, Vasfiy, Ulfat, Boqir, M. Abdulhakim kabi tarjimonlar ham tarjima qilganlar. Yo. Ishoqov, H. Homidiy, N. Komilov, S. S. Buxoriy, M. Hasaniy, Y. Jumaboev kabi olimlar bu buyuk vatandoshimiz adabiy merosi va tarjimai holini ma’lum darajada tadqiq etganlar.
Pahlavon Mahmud ruboiylari badiiy tasvir vositalariga boy, xalqona sodda va yengil uslubda, ifoda tarzi aniq va lo‘nda, o‘ynoqi, sershiddat tuyg‘ularga yo‘g‘rilgan. Barcha Sharq shoirlari kabi Pahlavon Mahmud ham ikki ulug‘ manba — Qur’oni karim va Hadisi sharifdan ta’sirlangani, ulardan ilhomlanib qalam tebratgani qudsiy nafas ufurib turgan ruboiylaridan shundoqqina sezilib turadi. Ayniqsa, ilohiy ishq tarannum etilgan va vahdati vujud falsafasini tushuntirishga bag‘ishlangan she’rlarida bu narsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Lekin shoir faqat ilohiy mavzular bilangina chegaralanmay, zaminiy dardni ham qalamga olgan. Pahlavon Mahmud ruboiylarida ilohiy va dunyoviy dard ko‘pincha birga, o‘zaro qo‘shilib zuhur etadi.
N. Komilov: «Pahlavon Mahmud ruboiylarini to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: birinchisi — zamona ahlidan nolish, ijtimoiy tengsizlikni ifodalovchi ruboiylar; ikkinchisi — tariqat suluki haqida yozilgan ruboiylar; uchinchisi — vahdati vujud falsafasi asoslarini tushuntiruvchi ruboiylar va to‘rtinchisi — ilohiy ishqni tarannum etgan ruboiylar», — deb yozgan edi. Kezi kelganda, biz shu paytgacha shoirning axloqiy qarashlariga nisbat berib tadqiq etgan pand-nasihat ruhidagi ruboiylari aslida futuvvat ruknlarining she’riy ifodasidan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim. Ha, bunday she’rlarida u javonmardlar axloqini targ‘ib etgan, ulardan ibrat olishga chaqirgan.
PAHLAVON MAHMUD MAQBARASI


















PAHLAVON MAHMUD
HAYOTI VA IJODI HAQIDA TAQDIMOT



Bajardi: Zemskiy Artyom
A7-23 guruh
Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin