―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


-rasm. Radiant turidagi soking-seksiya quvurli pechning sxemasi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

5.5.-rasm. Radiant turidagi soking-seksiya quvurli pechning sxemasi: 
I-xomashyo uchun qizdiruvchi zmeyevikli o‗t yoqish kamerasi; II-konveksiya kamerasi; III-
soking seksiyali o‗t yoqish kamerasi.
5.3. Mazut va gudronlarni destruktiv haydash qurilmasi
 
Mazutlarni destruktiv qayta haydash jarayonining katalitik kreking 
qurilmasi uchun xomashyo–gazoyl fraksiyasi resurslarni kuchaytirish usuli 
GrozNII tomonidan ishlab chiqilgan. Jarayonning mohiyati-xomashyoni termik 
yoyish uchun qayta haydash va uni smolali qoldig‗ini bug‗lantirishga berishga 
mo‗ljallangan. Agarda benzinli va kerosinli fraksiyalar asosan zmeyevik pechida 
hosil bo‗lsa, gazoyl‘ fraksiyasi esa-bug‗lantirgichga nisbatan o‗lgan haroratda 
ishlaydigan (420 - 425°С) va katta bo‗lmagan ortiqcha bosimda hosil bo‗ladi. 
Bug‗lantirgichda krekinglanadigan suyuqlikni bo‗lish davri 1,5 soatni tashkil 
qiladi. Pechdan chiqadigan xomashyoning harorati 460 - 475°С ni tashkil 
qiladi.
 
Qurilma to‗xtovsiz harakatlanadigan bir karrali xomashyoni o‗tkazadigan 
yuqori haroratli seksiyadan tashkil topgan, tarkibiga qizdiriladigan pech va 
bug‗lantirgich hamda fraksiyalaydigan va sovitadigan seksiyalar kiradi (5.6-
rasm).
 
Neftni qayta ishlaydigan qurilmadan kirib keladigan mazut nasos (8) bilan 
issiqlik almashtirgich (6 va 5) orqali zmeyevik pechiga (2) beriladi. Mazut 
zmeyevikning konveksiya quvurlari orqali o‗tadi va radiant quvurlarga (ikki 
qatorli ekranli) kirib keladi. Radiant quvurning ikkinchi qatori orqali qizdirilgan 


213 
suv bug‗i kirib keladi. Aralashma radiantli zmeyevikdan chiqishi bo‗yicha 
turg‗unlashtirgichning (3) pastki qismiga uzatiladi; shu yerning o‗ziga 
xomashyo kiradigan qismining pastki qismiga qizdirilgan suv bug‗i beriladi. 
Bug‗lantirgichda (3) aralashma bug‗li va suyuqlik fazasiga ajratiladi. 
Bug‗lantirgichning hajmi qizdirilgan suv bug‗ini bostirilishi va suyuqlik uzoq 
muddat bo‗lishi uchun yetarlidir.
Bug‗lantirgichdan porshenli nasos (4) bilan olib chiqiladigan og‗ir 
qoldiqning qovushqoqligini kamaytirish maqsadida xomashyoga nasos (2) 
yordamida erituvchi qo‗shmalarni qo‗shishni imkoniyati oldindan ko‗riladi.
Bug‗lantirgichning yuqorisidan katta bo‗lmagan miqdordagi bug‗ 
aralashmasi bilan chiqadigan kreking-gazlari isiqlik almashtirgichda (5) issiqlik 
tashuvchi hisoblanadi; u yerdan chiqadigan kondensat, gazlar va bug‗lar 
rektifikatsiya kolonnasining (9) pastki likopchasiga kirib keladi. Shu 
kolonnaning 6-chi va 7-chi likopchalari oralig‗iga ichki tub joylashtirilgan. 
Kiruvchi bug‗larni oqimi ichki tubga yetib borganda isiqliklik (6) 
almashtirgichga yo‗naltiriladi. Bu yerda hosil bo‗lgan suyuqlik flegmasi 
kolonnaning 5-chi likopchasiga oqadi, bug‗lar esa 7-chi likopchaning ostidan 
chiqib ketadi. Kolonnadagi likopchalarning umumiy soni 15 ta. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin