1.6. Respublika va jahon miqyosida neft va gaz kondensatini qayta ishlash
sanoati xususida
O‗zbekiston Respublikasi yer osti uglevodorod xom-ashyosi yirik
zahiralariga ega. O‗zbekistonning beshta neft-gaz mavjud mintaqalarida
uglevodorod xom-ashyosining 211 ta konlari ochildi, ulardan 108 tasi - gaz va
gazokondensat konlari, 103 tasi neft-gaz, neft-gazkondensat va neft konlari
50% dan ortiq konlar ishlab chiqish bosqichida, 35% i foydalanishga
tayyorlangan, qolganlarida esa qidirish ishlari davom etmoqda.
O‗zbekiston Respublikasining uchta yirik neftni qayta ishlash (NQIZ) -
Buxoro, Farg‗ona va Oltiariq NQIZ umumiy quvvati yiliga 11 mln. tonnani
tashkil qiladi.
Farg‗ona NQIZ (1959 yilda ishga tushirilgan) hozirgi kunda 60 ga yaqin
turdagi turli xil neft mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Zavodning qayta ishlash
bo‗yicha loyiha quvvati yiliga 5,5 mln. tonnani tashkil qiladi. Zavod O‗rta
Osiyoda yoqnilg‗i - moylash materiallarini ishlab chiqarish bo‗yicha yetakchi
korxonalardan biri bo‗lib hisoblanadi. Oltingugurtli birkmalarning yuqori
miqdorini saqlagan mahalliy xom-ashyoni qayta ishlash xususiyatlarini hisobga
olib, O‗zbekiston ―Mitsui‖ va ―Toyo Injiniring‖ kabi Yaponiya kompaniyalari
bilan hamkorlikda zavod rekonstruksiyasini amalga oshirdi.
1906 yilda Oltiariqda Vannovskiy neftni haydash zavodi ishga tushirilgan
bo‗lib, uning bazasida ancha vaqtdan keyin hozirgi kunda Farg‗ona NQIZ
bo‗linmasi bo‗lgan Oltiariq NQIZ quvvatlari ko‗tarildi. Bir nechta texnologik
qurilmalar qurilishi va rekonstruksiyasidan so‗ng ularning loyiha quvvati
39
oshirildi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar: avtobenzin komponenti (nafta),
erituvchilar, kerosinlar, dizel yoqilg‗i, maishiy suyultirilgan, konsistent moylash
vositasi.
Buxoro NQIZ ―O‗zneft mahsuloti‖ AJ tarkibiga kiradi. Zavod 1997 yilda
―TECHNIP‖ (Fransiya) boshchiligidagi konsortsium tomonidan yaratildi. Zavod
10 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi: avtomobil benzini, reaktiv dvigatellar
uchun yoqilg‗i, suyultirilgan uglevodorod gazi, mazut, erituvchilar, aviakerosin,
texnik oltingugurt.
Rossiyaning ―LUKOYL‖ OAJ neft kompaniyasi va ―Hyundai
Engineering‖ (Janubiy Koreya) boshchiligidagi pudratchilar konsorsiumi
O‗zbekistonda ―Qandim gazni qayta ishlash kompleksi‖ni qurish va jihozlarni
yetkazib berish bo‗yicha shartnomani imzolashdi. Yiliga 8,1 mlrd metr kub gaz
quvvatiga ega kompleks Buxoro viloyatida joylashgan Qandim konlar
guruhidagi oltingugurt saqlagan tabiiy gazni tozalangan tabiiy gaz, barqaror gaz
kondensati, shuningdek granulalangan oltingugurt olish uchun qayta ishlash
imkonini beradi. Loyihada ishlab chiqarish xavfsizligini ta‘minlash, mehnatni va
atrof-muhitni muhofaza qilishni ta‘minlash bo‗yicha zaruriy yechimlar ko‗zda
tutilgan.
Jahon neftni qayta ishlash sanoati rivojlanisi va uning hozirgi holati
Hozirgi kunda neftni qayta ishlash - bu iqtisodiyotning butun jahon yuqori
texnologik, sarmoya talab qiluvchi sohasi bo‗lib, uzoq tarixga va uzoq muddatli
rejalariga ega. So‗nggi yillarda jahon neftni qayta ishlash sanoatida sezilarli
kontseptual, teritorial, strukturaviy siljishlar kuzatilmoqda.
Hozirgi paytda neftni qayta ishlash sohasi rivojlanishining asosiy
mezonlari bo‗lib dunyoning turli mintaqalaridagi iqtisodiyot o‗sishi, ekologik
xarakterdagi talablar, yetkazib berishlar hajmlari va boshlang‗ich xom-ashyo -
xom neftning sifat xarakteristikalari hisoblanadi. Zamonaviy neftni qayta ishlash
sanoati uchun xarakterli jihatlar bo‗lib umumiy quvvatlar va qayta ishlash
hajmlari oshishi, rentabellik ko‗rsatkichining nisbatan yuqori bo‗lmagan
darajasi, atrof-muhitni muhofaza qilishga qo‗yilgan sabablar bilan ifodalangan
40
solishtirma sarmoyalar kiritilishi oshishi va past sifat ko‗rsatkichlariga ega xom-
ashyoni qayta ishlash zaruriyati hisoblanadi.
So‗ngi yillarda neftni qayta ishlashda Yaqin sharq va Osiyo, Tinch Okeani
mintaqasi, ayniqsa Xitoy, Hindiston, Koreya mamlakatlari tomon sezilarli
hududiy siljishlar kuzatildi. Neftni qayta ishlash asosiy markazlari neft
mahsulotlari intensiv iste‘moli va portlar yaqinidagi hududlarda joylashgan.
1995-2000 yillardan so‗ng, ya‘ni Yaqin Sharq va Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi
mamlakatlarida yangi korxonalar joriy qilingani hisobidan ko‗p sonli NQIZ
tashkil etilganidan so‗ng NQIZ soni asta-sekin kamayib bordi. Buning asosiy
sabablari bo‗lib ekologik (o‗z vaqtida shahar chetida qurilgan zavodlar
shaharning kengayib borishi sababli shahar ichida bo‗lib qoldi) va iqtisodiy
(murakkab bo‗lmagan texnologik sxemaga ega kichik NQIZ yirik va texnik
ta‘minlangan korxonalar bilan raqobatbardosh bo‗la olmadi) jihatlar hisoblanadi.
Jahon neftni qayta ishlash sanoati rivojlanishi sezilarli darajada neft
mahsulotlariga bo‗lgan talab tendensiyalari bilan belgilanadi. So‗nggi yillarda
asosan transport yoqilg‗ilariga bo‗lgan talab o‗sishi kuzatildi. Transport
yoqilg‗ilari iste‘moli strukturasida dizel yoqilg‗isiga bo‗lgan talab avtobenzinga
bo‗lgan talabga nisbatan avtoparklarning dizel yoqilg‗iga o‗tkazilishi sababli
yuqoriroq bo‗ldi. Shu qatorda aviatashishlar miqyosi ortgani sababli reaktiv
yoqilg‗iga bo‗lgan talab ham oshdi. Oqir neft mahsulotlari, birinchi navbatda
qozon yoqilg‗ilariga bo‗lgan talab uning energetikada tabiiy gaz, ko‗mir, yadro
yoqilg‗isi bilan almashtirib borganligi sababli tushib bordi. Neft mahsulotlariga
talabning oshishi sezilarli mezoni bo‗lib uning Xitoy, Hindiston va boshqa
rivojlanayotgan mamlakatlarda talab oshishi bilan belgilandi.
Amerika bozorida asosan benzin dvigatellari bilan jihozlangan juda yirik
avtopark (100 kishiga 790 ta avtomobil) sababli avtobenzinga bo‗lgan talab
belgilovchi hisoblanadi. 1990-yilarda AQSh da motor yoqilg‗isiga yangi
standartlar kiritildi. Yirik shahar markazlarida va butun Kaliforniya shtatida
ekologik toza benzin, 2005 yildan boshlab esa - kam oltingugrt saqlagan dizel
yoqilg‗ilar joriy etildi.
41
Bioyoqilg‗i (bioetanol va biodizel) iste‘moli sezilarli oshdi. Bioyoqilg‗i
iste‘moli AQSh da 2010 yilda 20 mln tonna atrofida edi, 2020 yilga kelib esa 47
mln tonnaga etishi taxmin qilinmoqda.
Yevropa neft mahsulotlari bozorida asosiy mahsulot - dizel yoqilg‗isi.
Yevropa neft qayta ishlash sohasining mazkur yoqilg‗iga bo‗lgan talabning
oshib
borishiga
neftni
qayta
ishlash
zavodlarida
gidrokreking
va
gidrooltingugurtsizlantirish qurilmalarining o‗rnatilishi yo‗li bilan amalga
oshirilib, bu oltingugurt miqdori yuqoriroq bo‗lgan neftning oshib borayotgan
miqdoriga moslashish va o‗rtacha distillyatlarning chiqishini oshirish imkonini
beradi. Bu muammo shuningdek import dizel yoqilg‗isi hisobidan yechilmoqda.
Yevropa neftni qayta ishlash zavodlarida neft mahsulotlari ishlab
chiqarish strukturasida deyarli 50% ulushni transmilliy neft kompaniyalari
egallaydi. So‗nggi yillarda Yevropa neft mahsulotlari bozorida Yevropada bir
qator neftni qayta ishlash aktivlarini sotib olgan neftni qazib oluvchi
mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt, Aljir) kompaniyalari katta rol
o‗ynamoqda.
Yevropa mamlakatlarida shuningdek, yoqilg‗i samaradorligini oshirish
(100 km yo‗lda benzinning o‗rtacha sarfini 6,12 litrgacha pasaytirish),
shuningdek motor yoqilg‗ilari strukturasida bioyoqilg‗i ulushini oshirish
hisobidan an‘anaviy benzinga bo‗lgan talabni pasaytirish dasturi ishga
tushirilgan.
Osiyo neft mahsulotlari bozori Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Indoneziya,
Tailand va boshqa mamlakatlarda talabning keskin oshib borayotgani bilan
xarakterlanib, bu neft mahsulotlariga bo‗lgan talabning nafaqat hududiy, balki
butun jahon miqyosida o‗zgarishini taqozo qiladi. Osiyo-Tinch Okeani
mintaqasi mamlakatlarining neft mahsulotlariga bo‗lgan butun jahondagi talabi
miqyosidagi ulushi kun sayin oshib bormoqda. Bundan tashqari, Xitoy - neftni
qayta ishlash sanoati eng yirik vakillaridandir.
Yaponiyada energiya tejami va bioyoqilg‗ilar qo‗llanilishi hisobidan neft
mahsulotlari iste‘moli pasayishi kutilmoqda. Ishlab chiqarish va logistikani
42
optimallashtirish, innovatsion yo‗naltirilganlik, tijorat raqobatning oshishi - bu
Yaponiya neftni qayta ishlash sohasini rivojlantirish yo‗llaridir. Hozircha sanoat
quvvatning ortiqcha miqdorini sezmoqda.
Shunday qilib, jahon neftni qayta ishlash rivojlanishi qu‘yidagi mezonlar
ta‘siri ostida amalga oshmoqda:
neft mahsulotlariga bo‗lgan talabning dinamikasi va strukturasi;
qayta ishlashga kelib tushayotgan neftning hajmida va tarkibidagi
o‗zgarishlar;
neft mahsulotlari sifat xarakteristikalariga talablarning kuchayotganligi;
raqobatning oshishi.
Neft mahsulotlariga bo‗lgan talab strukturasining asosiy faktorlari bo‗lib
suyuq neft mahsulotlari (avtobenzin, dizel va reaktiv yoqilg‗i) iste‘moli oshishi,
og‗ir
qozon
yoqilg‗ilarining
boshqa
energiya
tashuvchilari
bilan
almashtirilayotganligi sababli unga bo‗lgan talabning pasayishi, avtoparklarning
dizel qurilmalari bilan jihozlanishi oshishi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |