―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


Neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi to‗g‗risida umumiy ma‘lumotlar



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
1.5.Neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi to‗g‗risida umumiy ma‘lumotlar 
Neft sanoati neft va muvofiq neft mahsulotlarini qazib olish, qayta 
ishlash, tashish va sotishni o‗z ichiga olgan iqtisodiyot sohasidir. O‗zaro 
bog‗langan sanoat sohalariga geofizika, burg‗ulash, neft-gaz qurilmalarini ishlab 
chiqarish kiradi.
Neftni qayta ishlash - yirik tonnali ishlab chiqarish bo‗lib, neft, uning 
fraksiyalari va neft gazlarini tovar neft mahsulotlariga va neft kimyosi uchun 
xom-ashyoga, asosan organik va mikrobiologik sintez mahsulotlariga 
o‗zgartirishga asoslangan. Ishlab chiqarish jarayoni neftni qayta ishlash 
zavodlarida (NQIZ) amalga oshiriladigan fizik va kimyoviy-texnologik 
jarayonlar yig‗indisi, shu jumladan xom-ashyoni tayyorlash, uni birlamchi va 
ikkilamchi qayta ishlashni o‗z ichiga oladi. Quyida keltirilgan 1-sxemada neftni 
qayta ishlash mahsulotlari va ularning qo‗llanilishi sohalari keltirilgan. 
Neftni qayta ishlash uni haydash, ya‘ni neftni fraksiyalarga fizik ajratish 
yo‗li bilan amalga oshiriladi. Neftni qayta ishlashning birlamchi va ikkilamchi 
sohalari farqlanadi. Neftni qayta ishlash darajasi - xom-ashyoning qo‗llanilish 
samaradorligini ko‗rsatuvchi ko‗rsatkichdir. Bu ko‗rsatkich neftni qayta ishlash 
mahsulotlari hajmining neftni qayta ishlashga sarflangan umumiy hajmiga 
nisbatini ko‗rsatadi. U quyidagi formula bo‗iycha hisoblab chiqiladi: 
Qayta ishlash darajasi = (qayta ishlash hajmi - mazut ishlab chiqarish 
hajmi - o‗ziga qilingan yo‗qotishlar va harajatlar hajmi) / qayta ishlash hajmi 


37 
×100 %. 
Qayta ishlash darajasi kattaligiga qarab neftni qayta ishlash ikkilamchi 
jarayonlari to‗yinganligi va neft mahsulotlari assortimenti strukturasi haqida fikr 
yuritish mumkin. Ko‗rsatkich qancha yuqori bo‗lsa, xom-ashyo tonnasidan 
shuncha ko‗proq neft mahsulotlari olinadi. 
Neft-gaz sohasida ishlovchi zamonaviy kompaniyalar yoki vertikal-
integrallashgan, yoki maxsuslashtirilgan kompaniyalar bo‗ladi. Integrallashgan 
o‗z tarkibiga butun ishlab chiqarish zanjirini - kondan iste‘molchigacha ishlarni, 
shuningdek neft kimyosi, gazni qazib olish va qayta ishlash, al‘ternativ 


38 
yoqilg‗ilar ishlab chiqarish, shu jumladan qisman elektroenergetikani ham o‗z 
ichiga oladi. Maxsuslashtirilgan kompaniyalar tor doirada (foydali qazilmalarni 
qidirish, qazib olish, qayta ishlash, tashish, sotish) faoliyat ko‗rsatadi, biroq 
integrallashgan 
kompaniyalar 
bilan 
mustahkam 
aloqada 
ishlashadi. 
Integrallashgan kompaniyalar soni ko‗p emas, biroq ular neft-gaz sohasida yirik 
ulushga ega bo‗lishadi.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin