―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


 Neft, gaz va suvning tarkibi va xossalari



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

1.7. Neft, gaz va suvning tarkibi va xossalari 
Neft va tabiiy gazlarning kimyoviy tarkibi va xossalarini bilish ularning 
yer osti tog‗ jinslari qatlamlarida hosil bo‗lishini to‗g‗ri talqin qilish hamda 
ulardan turli xildagi tayyor va qayta ishlash uchun xom-ashyo mahsulotlarni 
olish uchun muhim hisoblanadi. 
Neft sanoati rivojlanishining dastlabki bosqichlarida neftdan olingan 
kerosin, surkov moylari va boshqa turdagi neft mahsulotlari tarkibi aniq 
bo‗lmagan. Olimlar tomonidan neft tarkibi o‗rganilishi natijasida uning asosan 
uglerod va vodoroddan iborat ekanligi aniqlandi. Shuning uchun neft 
uglevodorodlar aralashmasi deb qarala boshlangan. 
Neft va neft mahsulotlarining tavsifnomalarini o‗rganish uchun dastlab 
ularning zichligi va fraksion tarkibi aniq haroratlar oraliqlarida aniqlanilgan. 
Uning tarkibidagi benzin, kerosin va moylarning miqdori o‗rganilgan. Har xil 
neft konlarida bu fraksiyalarning o‗zaro nisbatlari turlicha bo‗ladi va fraksiyalar 


43 
sifati esa ularning amalda qo‗llanilishi darajasi bilan belgilanilgan. Masalan, 
sanoatning dastlabki rivojlanish bosqichlarida benzin unchalik kerak bo‗lmagan, 
hatto zararli mahsulot deb qaralgan. Shuning uchun uning tarkibi o‗rganilmagan. 
Kerosin zarur mahsulot hisoblangan, surkov moylari sifati esa ular qo‗llanilgan 
mexanizmlar yaxshi va uzoq vaqt ishlashi bilan belgilangan. 
Neft va uning mahsulotlari tarkibi dastlab Rossiyada (1860-1870 yillarda) 
keyinchalik esa AQShda (1880 yillardan so‗ng) o‗rganila boshlangan. Bu 
sohada ayniiqsa ulug‗ rus olimi D.I. Mendeleyevning xizmatlari katta bo‗lgan. 
Fan va texnologiyalarning rivojlanishi natijasida neft va gaz hamda 
ularning mahsulotlari tarkibi va xossalarini tadqiqot qilishning: adsorbsiya, 
mass.-spektral tahlil, gazli xromatografiya, optik, yadro magnit rezonansi, 
termik diffuziya va shu kabi usullari paydo bo‗ldi. Neft tarkibida o‗zining 
tuzilishi va xossalari bo‗yicha turli xildagi gazsimon, suyuq va qattiq 
uglevodorodlar mavjud. Har qanday neft tarkibida erigan gazlar bo‗lib, neft 
qazib olinganda uni yer yuzasiga chiqishi bilan bunday gazlar uning tarkibidan 
alohida ajralib chiqadi. Shuningdek tog‗ jinslari qatlamlarida tarkibida neft 
bo‗lmagan gaz uyumlari ham uchraydi. Neft uglerod va vodorodning murakkab 
birikmalaridan iborat va uning tarkibida taxminan uglerod miqdori 83-86%, 
vodorod miqdori 12-14%, oltingugurt С, kislorod О va azot Н miqdori 1-3%, 
ba‘zi hollarda oltingugurt miqdori 3-5% gacha bo‗ladi. Massa bo‗yicha 
uglevodorodlarning umumiy miqdori 97-98% ni tashkil etadi. 
Neftning tarkibi tabiiy gazning tarkibiga ko‗ra juda murakkabdir. Neftda 
ko‗p sonli suyuq va unda erigan holda barcha turdagi qattiq uglevodorodlar 
mavjud. Neft tarkibi asosan parafin, naften va aromatik uglevodorodlarning 
aralashmalaridan iborat. Neft va gazning tarkibida bo‗lgan barcha 
uglevodorodlarning molekulalarini tuzilishiga ko‗ra uchta asosiy guruhga 
bo‗linadi: 
1. Parafinli uglevodorodlar (alkanlar), umumiy formulasi 
2
2n
n
H
C


2. Naftenli uglevodorodlar (siklanlar), umumiy formulasi 
2n
n
H
C



44 
3. Aromatik uglevodorodlar (arenlar), umumiy formulasi 
6
-
n
n
H
C

Neftning asosiy qismini yuqorida keltirilgan har uchala guruhdagi 
uglevodorodlarning murakkab aralashmasi tashkil etadi. Uglevodorodlar 
molekulalarining tuzilishi ularning kimyoviy tarkibi va fizik xossalarini 
belgilaydi. Shuningdek, qazib olinayotgan neft va gaz tarkibida turli xildagi 
mexanik gazlar, metallar va ularning uglevodorodli birikmalari uchraydi. 
Neft tarkibi ko‗plab metanli (parafinli), naftenli va aromatik 
uglevodorodlardan iborat bo‗lganligi uchun ularning agregat holatlari ham 
turlicha bo‗ladi. Metanli uglevodorodlar С
5
Н
12 
dan С
16
Н
34
gacha oddiy 
haroratlarda suyuq holda bo‗ladi. 
34
16

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin