―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə308/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Gazning ajralishi (desorbsiya gaza)
– 
turli usullar (masalan, qizdirish, 
vakuum yordamida surish, siqib chiqarish va boshqa) yordamida gazli qattiq 
moddadan gazni qayta ajratib olish. 
Gazning solishtirma sarfi
– kompressorni ishlatishda 1 m
3
neftni yuqoriga 
kо‗tarish uchun lift boshmog‗iga yuboriladigan gaz miqdori.
Gaz omili
– 
har qanday qatlamdagi suyuqlik, gazlarni (yoki jinslarni) 
gazsizlanishi natijasida olingan gazsimon va suyuq (yoki qattiq) fazalarning 
miqdoriy nisbati. G.o. 1t yoki 1m
3
neftdan ajralib chiqayotgan tabiiy gaz 
miqdori (m
3
da) ga teng. G.o. tabiiy gaz hajmini gazsizlangan nefti.
Gidratlar 

har xil suv bilan birikmasi. Metall oksidi gidratlari ishqorli 
(masalan, CaO+H
2
O=Ca(O
H
)
2
): nometall elementlari oksidi gidratlari kislotali 
bо‗lishi mumkin. 
Gidrodinamika 
– suyuqliklarning harakati qonunlarini о‗rganadigan 
mexanika fani bо‗limi. 
Gidrodinamik bosim

(tiralish bosimi) –yer osti suvi oqimining 
harakatidan yuzaga keladigan bosim. Pyezometrik va tezkor bosimlarning 
yig‗indisiga teng. 
Gidrostatik bosim

suyuq jismning har qanday nuqtasida suyuqlik (suv yoki 
neft) dan bо‗ladigan bosim. Girostatik bosim suyuqlikning ustunining balandligi 
birliklarida burg‗i qudug‗ida о‗lchanadi.

Deformasiya moduli (deformasiyaning nisbiy moduli)
grunt bosimi va 
bosim ostida yuzaga keladigan chiziqli deformasiya о‗rtasidagi proporsionallik
koeffitsiyenti, MPa. 
Ideal gazlar
– Boyl-Mariott va Gey-Lyussak qonuniga ozmi-kо‗pmi 
buysunadigan gazlar. Yuqorida qayd qilingan qonunga buysunmaydigan gazlar 
haqiqiy gazlar deyiladi.
Infiltratsiya zonasi
 
– litosferaning yuqori qismi, bunda atmosfera suvlari 
tog‗ jinslari ichiga shimiladi. 


632 
Indikatorli diagramma
 
– quduqning sarfi (Q
k
) va bosimning pasayishi 
orasidagi bog‗liqlikni grafikda ifodalash. Grafik quduqqa oqib keladigan oqimni 
о‗rganib tuziladi. Quduqlarni burg‗ilashda nazorat о‗lchov asboblari yordamida 
yozib olinadigan indikator diagramma og‗irlik indikatori deyiladi.
Kislorodli organik birikmalar
- tarkibida kislorodning u yoki bu vazifani 
bajaruvchi guruhi (gidroksil- OH, karboksil –COO
H
, karbonil –CO, metoksil –
OCH
3
va b.) bо‗lgan geteroatomli organik birikmalar. Neftda K.o.b. miqdori 0,4 
dan 30% gacha, о‗rta hisobda 3%ni tashkil etadi. K.o.b.ning 90% i neft va 
bitumoidlarning asfalt – smolali qismida mujassamlashgan. 
Kislotalik soni
–neftda, bitumiodlarda yoki ularning fraksiyalaridagi erkin 
kislotalar sonini tavsiflaydigan shartli birlik. K.s. 1g moddani neytrallashga 
sarflanadigan uyuvchi kaliy (kaliy gidrooksid) miqdoriga teng bо‗lib, mg da 
ifodalanadi.
Kompressorli ishlatish
– neft qudug‗ini ishlatish usullaridan biri. 
Qatlam bosimining kuchi neftni yer yuziga chiqarishga yetmay qolganda neft 
chiqadigan quvur boshmoqiga kompressorlardan siqilgan neft gaz (gaz lift) yoki 
havo (erlift) haydaladi. Natijada quduq ichida yuzaga keladigan kengayish 
energiyasi hisobiga neft yuqoriga kо‗tarila boshlaydi.
Kompressorli quduqlarni tekshirish
– indikator egri chizig‗ini tuzish.
Konveksiya 
– ma‘lum bir nuqtada har xil sistemali suyuqlik yoki gaz 
massalarining vaqt davomida almashinib turishidan ularning fizik xususiyatlari 
(harorati, bosimi zichligi va shu kabilar) ning о‗zgarishi.
Konsentratsiya
 
– (quyuqlanish, tо‗planish, boyish) murakkab tarkibli 
eritmani ma‘lum bir fazasini qandaydir tarkibiy qismini tavsiflaydigan. 
Kritik bosim

kritik nuqtaga mos keluvchi bosim. Bir komponentli 
sistemada moddaning suyuq va gaz fazalari holatining muvozanati kritik 
bosimdan yuqori bо‗lgan bosimda buziladi. Masalan, suvni kritik bosimi 218, 3 
atm.ga teng. 
Mikron
– 
mayda zarrachalarning chiziqli о‗lchov birligi. Bir
mikron 1/1000 mm. Atom va molekulalarni о‗lchash uchun millimikron о‗lchov 


633 
birligi ishlatiladi. Millimikron 1/1000 mikron yoki 1/1000 mm.
Millidarsi
- jins о‗tkazuvchanligining о‗lchov birligi, 0.001 darsiga teng. 
Milya
– uzunlik о‗lchovi. Geofizik milya 7420 m, dengiz milyasi 1852 m 
ga teng. 
Mol–
gramm–molekulalarning qisqartirilgan nomi. Texnikada asosan 
kilogramm – molekula (kilogramm) qо‗llaniladi va u 1000 molga teng. 
Nasoslarni uzatishdan chetga chiqishi
– nasosning haqiqiy uzatish bilan 
belgilangan uzatishi orasidagi farq. 
Nasosni uzatish koeffitsiyenti
–nasosni uzatishini uni ideal uzatishga 
nisbatini tavsiflovchi о‗lchamsiz kattalik. 
Nasosning bosimi
– nasosning kirish va chiqish qismidagi suyuqlik 
muhitining jadallashgan kuchini tavsiflovchi kattalikdir, Pa(m); chegaraviy 
bosim–nasosdan chiqishdagi eng katta bosim va shu kattalikka nasos 
konstruksiyasi hisoblanadi, Pa. 
Nasosning 
solishtirma 
ishi
–birlik massadagi suyuqlik muhitini 
harakatlantiruvchi nasosning ishi.
Nasosning ishchi hajmi
– bir marta aylanishdagi yopiq hajmning eng katta 
va eng kichik qiymatlarining farqi yoki nasos ishchi organining ikki karrali 
yо‗lidir(yurishi). 
Neft 
– suyuq kaustobiolit, naftidlar qatorini birinchi vakili, yer osti va yer 
ustida siljish qobiliyatiga ega suyuqlik. Harakatchan suyuq neft mahsulotlari 
TOM ning katagenes zonasida qayta о‗zgarishidan sodir bо‗ladi. Neft kimyoviy 
jihatdan uglevodorodlarning murakkab aralashmasi va geteroatomli (asosan 
oltingugurtli, kislorodli va azotli) organik birikmalardan iborat. Neftni zichligi 
0,73 dan 1,04 gacha (odatda 0,82-0,95). Qaynash harorati 20–100 
0
S va undan 
yuqori. Qotish harorati (+23) – (-60)
0
C, qovushqoqligi 0,012-0,55 sm
2
/s.
Neft gazlilik belgilari
– neft gazlilik belgilari bevosita va bilvosita xillarga 
bо‗linadi. Neft gazlilik belgilari bevosita xiliga neft va gazning yer yuziga 
chiqishi, tog inshootlarida neft va gazlarning paydo bо‗lishlari, jinslarda 
bitumning, qatlam suvlarida gazsimon va suyuq uglevodorodlarning, gazlarda 


634 
yuqori geologli og‗ir uglevodorodlarning bо‗lishi kiradi.
Neftda gazlarning eruvchanligi
– gazlarning neftda eruvchanligi Genri 
konuniga (neftdagi gazning konsentratsiyasi о‗zgarmas haroratda bosimga 
proporsional) binoan bо‗ladi. Gazning eruvchanligi haroratining oshishidan 
kamayadi va bu о‗zaro munosabatdagi gaz va suyuqlikning tarkibiga bog‗liq. 
Gaz aralashmalarining suyuqlikda eruvchanligi Dalton-Raul konuni buyicha 
bо‗ladi.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin