часть
2
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
1491
ta’minlanganligi hamda bir qator didaktik materiallarning mavjudligi bunga ancha yordam
beradi. Shu bilan birga dars berish jarayonida qo’l bola didaktik materiallardan foydalanish
ta’lim tarbiya samaradorligini yanada oshiradi.
Hozirgi zamon sharoitida ko’rgazmalilik tamoyili o’qituvchiga quyidagi talablarni
qo’yadi.
Birinchidan o’quv materiallarni o’rganish jarayonida hissiy obrazlarning zarurligini
tushunish kerak.
Ikkinchidan hissiy obrazlardan darsda o’quvchilar rivojlanishining mustaqil jihati
sifatida yoki mavhumlikni shakllantirish vositasi sifatida foydalanish xususiyatini aniqlash
lozim.
Uchinchidan darsda hissiy obrazlar qaysi bir ko’rgazmali qurollar yoki texnikaviy
vositalar yordamida shakllanishini hal qilib olish kerak.
To’rtinchidan o’quvchining bilish faoliyatidan tabiatdagi mavjud narsalarni qurshab
turgan voqelik hodisalarni tasavvur etish tendensiyasini vujudga keltirishi.
Beshinchidan o’quv materiali yig’indisi va tegishli shart – sharoitlarning mavjudligi.
Ko’rgazmalilik ta’limda onglilikni ta’minlash vositasidir. Bunda o’z vaqtida mashhur rus
pedagogi K.D.Ushenskiy alohida e’tibor bergan edi. U “Ko’rgazmali o’qitish haqida” nomli
maqolasida “Ko’rgazmali o’qitishning o’zi nima?” degan so’roqqa shunday javob beradi:
“Bu shunday o’qituvchi, u mavhum tasavvur va so’zlarga emas, balki bolalar bevosita idrok
qilgan aniq obrazlarga asoslanadi, bu obrazlarni bolalar mualimning rahbarligi ostida
o’qitish jarayoninig o’zida bilib olishganmi, yoxud ilgari mustaqil kuzatish natijasida bilib
olishganmi, baribir, xullas, murabbiy bolaning qalbidan tayyor obrazlar topib o’z ta’limini
ana shu obrazlar bilan asoslaydi”.
Endi ko’rgazmalilik tamoyilini onglilik tamoyili bilan yonma - yon qo’yib o’rganishga
ehtiyoj bormi, degan savolning tug’ilishi tabiiydir. Ta’limda ko’rgazmali qurollardan
foydalanish o’quvchining tafakkuri darajasiga ko’ra belgilanadi. Kichik maktab yoshidagi (7
– 11 yosh) bolalarda aniq fikrlash ustun bo’lib ular rasm, jadvallar asosida narsa –
voqealarning mohiyatini chuqurroq anglaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda aniq –
obrazli, harakatchan – obrazli fikrlash formalarning taraqqiy etganligi ta’limda ko’rgazmali
qurollardan ko’proq foydalanishni taqazo etadi.
Bolaning yoshi ulg’ayib, ijtimoiy tajribasi osha borgan sari, unda tafakkurning
mavhumlash, umumlashtirish, ajratish kabi sifatlari rivojlanadi, bola induktiv va deduktiv
xulosalar chiqarishni o’rganib oladi. Katta maktab yoshidagi (11 – va undan yuqori yosh)
bolalar bilimlarini ta’riflar, aksiomalar, xulosalar, farazlar shaklida qabul qila oladi. Bu
yoshdagi bolalarda ratstional, navari fikrlashning o’sganligi ko’rgazmali qurollar turini
o’zgartishni taqazo etadi. Endi kurgazmali qurol sifatida turli chizmalar, simvolli belgilar,
diagrammalalrdan foydalanish imkoniyati tug’iladi. Ana shularning barchasi ko’rgazmalilik
tamoyilining onglilik tamoyili bilan uzviy bog’liqligini isbotlaydi va ularni yonma – yon
tavsiflashni talab etadi. Ko’rgazmalilik juda ko’p tortishuvlarga sabab bo’lgan, uzoq ta’rifga
ega ta’lim tamoyillaridan biridir. O’rta asrlarda verbal ta’lim keng tarqalgan edi. Verbal