часть
2
«
Научный
импульс
»
Декабрь
, 2022
1492
ta’limiga ko’ra, narsa – hodisalar oldin so’z (nutq) vositasidir izohlanadi, so’ngra o’rganilgan
narsalarning rasmi, sxemasi ko’rsatiladi. Bunday ta’limda so’z birinchi o’rinda turadi.
Ta’limning yo’nalishi “so’zdan narsaga” shaklini oladi. Unda mexanik yodlashga keng o’rni
beriladi. Hatto uyg’onish davri gumonisti Errazm Rotterdamskiy (1467 – 1536) o’z
pedagogik qarashlarida bola oldin so’zni, keyin narsani tushunsin, deb targ’ib qilgan edi.
Verbal ta’limida fan tarixida birinchi bo’lib ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561 - 1620)
tanqid etgan. Uning sensualistik falsafasiga ko’ra “bilish ezgulikdan boshlanadi”. U
hodisalarni kuzatish eksperement yo’li bilan o’rganish mumkin, deb hisoblardi.
Frensis
Bekonning sensualistik falsafasini pedagogik nazariya va pedagogik amaliyotda birinchi
marta Ya.A.Kamenskiy tadbiq etgan. U “Buyuk didaktika” kitobining “Hayotni
davom
ettirish asoslari” bobida ko’rgazmalilik tamoyilini quyidagicha asoslagan edi: ongda
sezgilardan tashqari hech narsa bo’lmaydi,
aql fikrlash, mulohaza qilish uchun sezgilarga
(sezilgan narsalarga) tayanadi. Fikrlash ichki sezgilar vositasida takomillashadi. Narsalar –
mag’z, so’z po’stloq. Ta’limda ko’rib bo’ladigan narsalar ko’zga
eshitiladigan narsalar
quloqqa hidlanadigan narsalar barmoqlarga ta’sir etmog’i kerak.
Fransuz ma’rifatparvari Jan Jak Russo Ya.A.Komenskiydan bir asr keyin “Mahmaddona
o’qituvchi mahmaddona shogirdlarni tarbiyalaydi. Narsalarni, narsalarni bering”,
- deb
talab etgan edi. K.D.Ushenskiy ko’rgazmalilik tamoyilini asoslash uchun quyidagi
o’xshatishni keltiradi. “O’rgimchak juda ham nozik ipni bir oyog’i
bilan emas, balki ko’p
oyog’i bilan ishlab olib uning ustida hayron qolarli darajada epchillik bilan to’g’ri yuradi: bir
oyog’i tig’anib ketsa ipini ikkinchi oyog’i bilan ushlab qoladi.” U shu o’xshatishga asoslanib
o’qituvchilarga shunday maslahat bergan. “Bolaning esida biron narsaning mahkam
o’rnashib qolishini xoxlovchi pedagog bola sezgi organlarining mumkin qadar ko’prog’ini
ko’z, quloq, muskul sezgisi va hatto agar iloji bo’lsa hidlash va ta’m bilish organlarini esda
tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilish kerak”.
Shunday qilib Ya.A.Komenskiydan K.D.Ushenskiygacha bo’lgan davrda ko’rgazmalilik
tamoyilining ikkinchi shakli “Narsadan so’zga” paydo bo’ladi. Garchan ko’rgazmalilik
tamoyilining “Narsadan so’zga” shakli bolaning xotirasiga asoslangan bo’lsa – da u o’quv
tarbiya ishlarida ulkan burilish bo’ldi. Bizning asrimizda – ilmiy – texnika inqilobi sharoitida
ko’rgazmalilik tamoyilini amalga oshirishning uchinchi shakli – “So’zni (nutqni) ko’rgazma
qurolga uyg’unlashtirish” g’oyasi paydo bo’ldi.
Hozirgi paytda ko’rgazmalilik tamoyili doirasi ancha kengaydi. Nutqni ko’rgazma qurol
darslik harakatchan didaktik materiallar texnik vositalar bilan uyg’unlashtirish
ko’rgazmalilik amalga oshirishning asosiy uslubiga aylanmoqda.
FOYDALANILGANADABIYOTLAR:
1.
Soliyev A.S., Mahamadaliyev R.Y. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslari. –T.:
Universitet, 2005
2.
To’xliyev N. O'zbekistonRespublikasiiqtisodiyoti. –Toshkent, 1998.
3.
To’xliyev N., Haqberdiyev Q., Ermamatov Sh., Xolmatov N.
O'zbekistoniqtisodiyotiasoslari. –Toshkent, 2006.