25
3-BOB. IQTISODIY O‘SISH VA UNI TA’MINLOVCHI OMILLAR
3.1. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash – makroiqtisodiy siyosatning
bosh maqsadi
Iqtisodiy o‘sish deganda, kishilarning talab – ehtiyojini
qondirish uchun zarur
bo‘lgan moddiy mahsulot va xizmatlarni, ya’ni barcha noz-ne’matlarni ishlab
chiqarishning ko‘payib borishi tushuniladi. Iqtisodiy o‘sish nafaqat iste’mol
buyumlari, balki ishlab chiqarish vositalari, ya’ni resurslarni ham ko‘plab ishlab
chiqarishini
anglatadi, chunki o‘sish jamiyat a’zolarining joriy iste’molini qondirish
bilan cheklanmay, kelajakda ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali bo‘lg‘usi
iste’molni qondirishni ham mo‘ljallaydi. Ishlab chiqarish faoliyati jamiyat hayotining
birlamchi asosi bo‘lganligi uchun iqtisodiy o‘sish ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy
zamin yaratib beradi. Jamiyatdagi chuqur va sifatli o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sish
sur’atlariga qarab yuz beradi. Hozirgi bosqichda jamiyat hayotidagi shiddatli
o‘zgarishlar barqaror o‘sish natijasidir. Iqtisodiy o‘sish jamiyatdagi
ishlab chiqarish
hajmini yoki aholi jon boshiga yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar hajmini ortib
borishi bilan o‘lchanadi. Uni albatta real yalpi milliy mahsulot yoki real milliy
daromadning ko‘payishi ifoda etadi.
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab
chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi. Iqtisodiy
o‘sish jami taklifning o‘sishini
yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potensial
YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish
natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi – cheklangan resurslardan
samarali foydalanish muammosiga yechim topiladi.
Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil
qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon
boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YaIM o‘rniga SIM, YaMD, SMD
ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o‘sish
26
daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga bog‘liq
deb qaraladi. Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi.
Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash
darajasi
oshishini
bildirsa,
investitsiyalar
hajmining
o‘zgarishi
resurs
imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi.
Iste’mol va investitsiya o‘rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol
miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy
o‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
Xususan, bugungi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotgan bir
paytda, O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish manbalari va shart-sharoitlari sifatida
quyidagilarni keltirib o‘tish joizdir:
tabiiy resurslar; jamg‘arilgan jismoniy kapital;
ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyat; inson kapitalining rivojlanish darajasi;
tashqi iqtisodiy aloqalarning o‘sish darajasi (jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi
darajasi) va boshqalar.
Barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari yuqori qo‘shimcha
qiymatga ega
bo‘lgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish salohiyati, zamonaviy xizmatlar turlari
va qulay infratuzilmani, shuningdek qishloq xo‘jaligini optimal darajada o‘sishi
hisoblanib, ularni mutanosib rivojlantirish pirovardida yashash sifatini doimiy oshirib
borishga qaratilgan bo‘ladi.
Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, birinchidan,
milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan, resurslardan
samarali foydalanishga,
uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning
paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga
olib keladi.
Dostları ilə paylaş: