O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

2.3.
 
Davlat sektori 
Davlat sarmoyasini sarflash kengroq darajada davlat iqtisodiyotini tartibga 
solishda muhim rol o‘ynaydi. U bir vaqtning o‘zida xususiy xo‘jalikka ta’sir 
ko‘rsatuvchi obyekt va vosita hisoblanadi. 
Davlat sektoriga davlat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va 
davlat ishtirokidagi tashkilotlar kiradi.
Davlat ishtirokidagi tashkilotlarga quyidagilar kiradi: 
- ustav fondida davlat ulushi mavjud tijorat tashkilotlari (uning miqdoridan qat’i 
nazar); 
- davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan to‘liq yoki qisman tashkil 
qilingan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti (ularning ishtirok etish darajasi ham 
ahamiyatga ega emas). 
Davlat sektori – markaziy va mahalliy davlat organlariga butunlay yoki qisman 
tegishli bo‘lgan xo‘jalik obyektlari majmuasini tashkil etadi. Davlat sektoriga – sof 
bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga qadar ko‘pchilik mamlakatlarda bor bo‘lgan, pochta, 
qisman transport xizmati, qurol – yarog‘larni tayyorlash va boshqalar ham kiradi. 
Ba’zi bir mamlakatlarda davlat sektori tarmoqlar bilan korxonalarni 
milliylashtirish (Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Avstriya) natijasida, boshqa 
davlatlarda esa (AQSh, Shvetsiya, Yaponiya) qurish yoki inqirozga uchragan xo‘jalik 
obyektlarini sotib olish natijasida vujudga keldi. Birinchi guruhga kiruvchi 
mamlakatlarning milliy boyligida davlat sektorini ulushi ikkinchi guruhga nisbatan 
yuqoridir. 
Davlat sektorining sezilarli qismi - infratuzilma obyektlari bo‘lib ko‘p hollarda 
norentabeldir. Ikkinchi qismi xom ashyo va energetika tarmoqlaridagi davlat 
korxonalari bo‘lib, unda katta investitsiyalar talab qilingan holda sarmoyaning 


20 
aylanishi ancha sustdir. Davlat firmalarining rentabelligi xususiy firmalarga 
qaraganda odatda past bo‘ladi. Davlat sektorining bozor xo‘jaligi sharoitida faoliyat 
ko‘rsatishi tamoyillari xususiy firmalarning tamoyillaridan bir qancha farq qiladi va 
davlati sektorini umumdavlat iqtisodiy masalalarini hal etishga qaratilgan va xususiy 
xo‘jaliklar daromadini oshirishga imkoniyat yaratishga qaratilgan.
Infratuzilma, energetika, xom - ashyo tarmoqlari, ITTKI, xodimlarni tayyorlash 
va qayta tayyorlashda, atrof - muhitni himoya qilish sohalari yakka hokimli foyda, 
ko‘pincha umuman foydaning o‘zi davlat sektorining birinchi darajali maqsadi 
hisoblanmaydi. Negaki ushbu sohalardan yuqori foydani hech kim talab qilmaydi, 
zararlar esa budjet hisobidan qoplanadi. Shu sababli davlat sektori arzon xizmatlardan 
kelib chiqib xususiy sektordagi chiqimlarni kamaytiradi. 
Davlat sektori aktiv ravishda iqtisodiyotni davlat vositalari orqali boshqarishda 
qo‘llaniladi. Chunki, kon’yunkturani yomonlashgan sharoitida, depressiya yoki 
inqiroz holatida, xususiy sarmoya sarflash qisqarganda davlat sektoriga investitsiyalar 
o‘sishi ko‘payadi. Shunday qilib, hukumat organlari ishlab chiqarishni pasayishi va 
ishsizlikni o‘sishiga qarshi harakat qilishga intiladi. 
Davlat sektori davlatning tarkibiy siyosatida muhim rol o‘ynaydi. Faoliyat 
sohalari, tarmoqlar yoki hududlarga xususiy sarmoya yetarli darajada yetib bormasa 
davlat yangi obyektlarni tashkil etadi yoki eskilarini kengaytiradi va qayta quradi. 
Shunday qilib davlat sektori ITTKI xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda katta 
rol o‘ynaydi. Davlat firmalari tashqi savdo, chet elga sarmoyalarni chiqarish, 
ko‘pincha milliy sarmoyani qaysi bir mamlakatga joylashtirish yoki kiritishda 
ko‘ngilli rolida chiqishadi.
Davlat sektorining olchami, uning milliy iqtisodiyotdagi hissasi nafaqat yangi 
qurilishlar, sotib olishlar natijasida o‘zgaradi, balki davlat sektorini rentabeli va qayta 
qurilgan obyektlarni xususiylashtirish va xususiy sarmoyalarga sotish oqibatidir.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin