O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
 
2.4.
 
Makroiqtisodiy siyosat vositalari 
Makroiqtisodiy siyosatning bosh vositalari bo‘lib budjet-soliq (fiskal) va pul-
kredit (monetar) siyosati hisoblanadi. 


21 
Monetar siyosat
– bu davlatning pul-kredit siyosati bo‘lib, pul muomalasini 
tartiblash, tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotdagi 
pul oqimlarini boshqarib turish siyosati hisoblanadi. Uning maqsadi narxlarni va 
shunga ko‘ra milliy pul birligi xarid qurbini, uning valyuta kursini barqarorlashtirish, 
oxir-oqibatda pulga talab bilan uning taklifini muvozanatlashtirishdan iborat bo‘ladi.
Monetar siyosatning uchta asosiy vositasi bor:
1. Qayta moliyalashtirish siyosati. Bunda davlat nomidan markaziy banklar 
hisob stavkasini o‘zgartiradi. Stavka oshganda pul qimmatlashib, unga talab 
qisqaradi. U pasaytirilganda pul arzonlashib, unga talab oshadi. Bu ayni paytda 
kreditning arzon yoki qimmat bo‘lishini bildiradi. Bu esa iqtisodiyotga kredit 
hisobidan yuboriladigan investitsiyalarni o‘zgartirib, uning o‘sishiga ta’sir etadi.
2. Ochiq bozorda operatsiyalar o‘tkazish siyosati. Bu davlat obligatsiyalarini 
chiqarib, firmalar, banklar va aholiga sotish va vaqti kelganda ularni qaytadan sotib 
olishni bildiradi. Bu obligatsiyalarni olish qulay bo‘ladi, chunki ularga qat’iy 
belgilangan foizni davlat to‘laydi, bu bilan ularning daromadliligi kafolatlanadi. 
Davlat obligatsiyalari sotilganda pul ularga bog‘lanib qoladi, natijada uning 
muomaladagi miqdori qisqaradi. Aksincha, ular qaytadan sotib olinganda pul ulardan 
bo‘shab, muomalaga keladi, u yerdagi pul miqdori ko‘payadi. Demak, bu usul bilan 
ham pul miqdori tartiblanadi.
3. Majburiy zaxira siyosati. Bu siyosatga binoan markaziy banklar boshqa 
banklar uchun kredit resursining majburiy zaxirasini kiritadi. Bu tartibga ko‘ra 
banklar kreditga beriladigan pulning bir qismini markaziy banklar ixtiyoriga beradi. 
Bu zaxira oshsa, kredit puli qisqaradi, agar u kamaysa, bu pul ko‘payadi.
Masalan, mamlakatda jami kredit resurslari 80 mlrd. dollar. Shundan 10 foiz 
zaxira o‘tkazilsa, kredit uchun 72 mlrd. dollar qoladi. Bordi-yu bu zaxira 15 foizga 
chiqarilsa, kreditga 68 mlrd. dollar qoladi. Bu bilan kreditga mo‘ljallangan pulning 
taklifi oshadi yoki qisqaradi. Shunga qarab, kredit olish goh oshib, goh qisqarib 
turadi. Monetar siyosatning aytilgan yo‘nalishlari shuni ko‘rsatadiki, unda turli 
iqtisodiy vositalar qo‘llaniladi.


22 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin