O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
 
 


35 
3.3. Iqtisodiy o‘sish modellari 
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning 
kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlar pirovardida turli 
iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Iqtisodiy o‘sish modellari yalpi 
ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko‘payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil 
etish imkonini beradi.
 
Barcha iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o‘sish modellari ham real 
jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko‘rinishda, shartli tarzda grafiklarda va 
tenglamalarda aks ettiriladi. 
Odatda iqtisodiy o‘sishning quyidagi nazariyalari farqlanadi: 
- iqtisodiy o‘sishning yangi keynscha nazariyalari; 
- iqtisodiy o‘sishning yangi klassik nazariyalari; 
- iqtisodiy o‘sishning empirik nazariyalari; 
- endogen o‘sishning yangi nazariyalari(3.1-rasm). 
Ushbu yo‘nalishlar doirasida esa iqtisodiy o‘sishning turli nazariy modellari 
yaratila boshlandi. XX asrning o‘rtalarida keynschilikning makroiqtisodiy muvozanat 
nazariyasi asosida yangi yo‘nalish, ya’ni neokeynschilik vujudga keldi. Iqtisodiy 
o‘sishning dinamik modellarini ishlab chiqqan neokeynschilik vakillari orasida ingliz 
iqtisodchisi Roy Xarrod (1900-1978-y.) o‘z modelida ishchi kuchi, aholi jon boshiga 
daromad va naqd kapital o‘sishi o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq qildi. U milliy 
daromadning kapital sig‘imlilik darajasini ifodalovchi “kapital koeffitsienti” 
tushunchasini yaratdi. R. Xarrod kapital sig‘imlilik mezonidan texnika 
taraqqiyotining iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilishda foydalandi. 
Amerikalik iqtisodchi neokeynschilik yo‘nalishi vakili Evsey Domar (1914-
1997-yillar) ham R. Xarrod tadqiqotlaridan bexabar ravishda mutanosib iqtisodiy 
o‘sishning biroz boshqacharoq modelini taklif etdi. U J.M. Keynsning investitsiyalar 
daromadni shakllantirish orqali talabni oshiradi, degan fikriga qo‘shimcha qilib, 
investitsiyalar bir vaqtning o‘zida tovarlar taklifining oshishiga ham olib keladi, deb 
ta’kidlaydi. E. Domar va R. Xarrod modellarida iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi 
omil sifatida investitsiyalar keltiriladi, chunki ular multiplikativ ta’sirga ega va 


36 
shuning uchun barqaror o‘sishni ta’minlaydi. Ushbu modelda J. Keynsdan farqli 
o‘laroq takror ishlab chiqarish jarayoni uzoq muddatli davr dinamikasida tadqiq 
qilingan. Xarrod-Domar modeli bozor iqtisodiyotining o‘z-o‘zini boshqarish 
imkoniyatiga ega bo‘la olmasligini asoslab berdi. 
Ushbu 
modelni 
respublikamiz 
iqtisodiyotida 
qo‘llaydigan 
bo‘lsak, 
mustaqillikning datlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda qator izchil islohotlar 
olib borilib, mamlakatda yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga hamda iqtisodiy 
rivojlanishga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan investitsiyalarga katta e’tibor berib 
kelinmoqda. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar 
bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun 
investitsiyalarni jalb qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega. So‘nggi vaqtlarda 
respublikamizda investitsion muhitni sog‘lomlashtiruvchi va mustahkamlovchi 
iqtisodiy-siyosiy vaziyat tendensiyasi hukm surmoqda. 
Iqtisodiy o‘sishning yangi klassik ilk nazariyalari 1950-1960- yillar oralig`ida 
paydo bo‘ldi. O‘sha davrda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini foydalanilmayotgan quvvatlar 
hisobiga emas, balki yangi texnikalarni joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirish va 
ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish hisobiga jadallashtirish muammosi 
birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu yo‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi Robert Solou 
va ingliz iqtisodchisi Jeym Smit va boshqalar) nazariyasining metodologik asosini 
ishlab chiqarish omillarining klassik nazariyasi tashkil etadi. Ma’lumki, bu 
nazariyada mehnat, kapital va yer ijtimoiy mahsulotni hosil qilishning mustaqil 
omillari sifatida talqin etiladi. Shu bilan birga, yangi klassik nazariyada ishlab 
chiqarish omillari egalari tomonidan olinayotgan daromadlar bu omillarning eng ko‘p 
miqdordagi mahsulotlari tomonidan belgilanishi g‘oyasi ilgari surilgan eng yuksak 
unumdorlik nazariyasiga ham tayanadi. 
Neoklassik nazariyasi vakili Robert Solou (1924-yilda tug‘ilgan) o‘z modelida 
jamg‘armalar, mehnat resurslari o‘sishi va ilmiy-texnik taraqqiyotning aholi turmush 
darajasi va uning dinamikasiga ta’sir qilish mexanizmini aniqladi. R. Solouning 
asosiy xulosasi shuki, uzoq muddatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kapital qo‘yilmalar 


37 
oshishiga emas, balki texnologik rivojlanish omiliga bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan, 
uningcha doimiy texnik rivojlanish va resurslardan samarali foydalanish iqtisodiy 
o‘sishning asosiy omillari hisoblanadi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin