11-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish Mavzu rejasi


«Chumoli va Tipratikan», «O‘jar toshbaqa»



Yüklə 365,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix14.12.2023
ölçüsü365,42 Kb.
#179083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'ruza matn

«Chumoli va Tipratikan», «O‘jar toshbaqa» 
masallarida ham badiiy til vositalari mavjud. 
Xususan, ularda 
«O‘g‘irlik mol aylar jonsarak», «Bola ko‘nglin ko‘tarar», «Kosang joningga 
huzur», «Senga qalqon usti-bosh», «Parcha go‘sht bo‘lib yurar», «Jish Toshbaqa»
kabi ibora, 
birikma va gaplar uchraydiki, ular ustida ishlashda 
“Bunday majorolar qachon va kimlar orasida 
bo‘lib o‘tishi mumkin?”, “Ularga hayotdan misollar keltiring”
kabi topshiriqlar berish, ulardagi 
ma’noni boshqacha yo‘sinda bayon ettirish, o‘zaro taqqoslash, ta’sirchanligidagi farqni aniqlatish 
katta ta’limiy ahamiyat kasb etadi. Masalan: 
«Bola ko‘nglin ko‘tarar» - 
Bolasiga yaxshi gaplar 
gapirar,
 «Kosang joningga huzur» - 
Kosang joningni, sog‘lig‘ingni asraydi» kabi.
Boshlang‘ich sinflarda adabiy tushunchalar va badiiy vositalar ustida ishlash 
o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirishga, ularda jonlantirish, o‘xshatish, mubolag‘a kabi 
adabiy tushunchalar yuzasidan dastlabki tasavvur hosil qilishga yordam beradi. 
O‘qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan nazariy 
qoidalarga asoslanadi. Sinfda o‘qishni to‘g‘ri uyushtirish uchun o‘qituvchi badiiy asarning o‘ziga 
xos xususiyatlarini, ta’limning turli bosqichlarida o‘qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik 
maktab yoshidagi o‘quvchilarning matnni idrok etish va o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga 
olishi zarur. 
O‘qish ta’limi bo‘yicha o‘quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish yordamida dastur 
talablariga javob berib bo‘lmaydi. Negaki, matn tagzaminidagi tarbiyaviy g‘oya uni tushunish
idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har qanday asardagi sehr-joziba matn 
zaminidagi yashirin mazmun-mohiyatni anglab etilganda o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etishi 
mumkin. Bunga adabiy-nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini 
shakllantirish orqali erishiladi. 
Asar tahlili jarayonida o‘qituvchi savollariga o‘quvchilarning o‘z so‘zlari bilan javob 
berishi ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning 
xatti-harakatlarini to‘g‘ri baholashga yaqindan yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz 
bo‘lmasdan, qat’iy maqsad asosida izchil berilishi o‘quvchilarning o‘qilgan matn mohiyatini 
chuqur anglab etishlariga imkon yaratadi, chunki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi. 
Ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning o‘zlarini ham savol tuzishga o‘rgatish lozim. K. D. 
Ushinskiy qayd etganidek, to‘g‘ri qo‘yilgan masalaning o‘zi yarim javobdir. Matn yuzasidan savol 
tuzishda o‘quvchining dars mavzusi bilan bog‘liq jihatlarga e’tibor berishi asarda tasvirlangan 
voqea-hodisalar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga 
yo‘l ochadi. Shuning uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o‘quvchini ongli va tushunib 
o‘qishga yo‘llaydi.

Yüklə 365,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin