Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar
tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib
o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkir
syujetliligi va xalq tiliga
yaqinligidir. Ertak o‘qib bo‘lingach, uning badiiy tili ustida ishlashga alohida ahamiyat berish
zarur.
Ertaklarda o‘xshatishlar, jonlantirish va mubolag‘alardan foydalanilgan. O‘quvchilarga
ularni
izohlab berish, keyinchalik matndan toptirish, qayta hikoyalashda
ulardan nutqlarida
foydalanishga o‘rgatish zarur.
Asar o‘qib bo‘lingach, badiiy til vositalari ustida ishlanadi. Chunki ularning ma’nosi
matndan, asar mazmunidan anglashiladi. Ayniqsa, masallarda allegoriyani ochishda ko‘chma
ma’noli so‘zlardan ko‘p foydalaniladi. Ular bolalarga masal mazmunini tushunishga xalal bergani
uchun ayrim ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlar asarni o‘qishdan oldin tushuntiriladi.
Topishmoqlarda ham jonlantirish va o‘xshatishlar juda ko‘p. Masalan,
«Ayoz bobo novvot
sotdi, Olgan edim, qo‘lim qotdi»
topishmog‘ida o‘xshatish,
«Chiq-chiq» ishlab tolmaydi, tunda
uxlab qolmaydi»
topishmog‘ida jonlantirish qo‘llangan.
Dostları ilə paylaş: