146
Savol va topshiriqlar
1. Ko‘rgazmali qurollarga mustaqil ishlov bering.
2. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish texnologiyasini tushuntirib
bering.
Mavzu: Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasi
Reja:
1. Tabriknomalar haqida ma’lumot berish.
2. Kvilling usulida shakllar yasash haqida ma’lumot berish.
3. Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasini tu shun -
tirish.
Pedagogik vazifalar:
•
talabalarning tabriknoma va ularning turlari haqidagi bilim larini
aniqlash;
•
kvilling usulida shakllar yasash
haqida tushunchalar berish;
•
kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasini tushun-
tirish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, aqliy hujum,
amaliy ish, amaliy ish
taq dimoti.
Ta’lim vositalar: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar,
tabriknoma tur -
la ridan namunalar, kviling usulida
shakllar yasash bosqichlari, rangli
qo g‘oz,
rangli karton, qaychi, chizg‘ich, qalam, yelim.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida
savol lar beriladi.
1. Tabriknomalarning qanday turlarini bilasiz?
2. Tabriknomalar nima maqsadda ishlatiladi?
3. Kvilling usulida qanday shakllar yasash mumkin?
4. Kvilling usulida tabriknoma yasashda qanday qog‘ozdan foyda-
laniladi?
5. Qanday bayramlarni bilasiz?
Dostları ilə paylaş: