2
UO‘K
: 371.381(075)
74.263
М47
X.Sanaqulov
Mehnat va uni o‘qitish metodikasi [Matn]: Darslik / X.Sanaqulov
[va boshqalar] –
Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni, 2015. - 224 b.
КБК 74.263
Mazkur darslik pedagogika oliy o’quv yurtlarining 5111700-Bosh-
la ng’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish bakalavr ta’lim yo’nalishi ta-
la ba lari uchun yaratilgan bo’lib,
unda mazkur fanning o’quv va ish-
chi fan dasturidagi ma’ruza va amaliy mashg’ulot mavzular maz mu ni
ta’lim texnologiyasi
asosida tayyorlangan
Taqrizchilar
:
M.Musayeva
,
TVPKQTMOI dotsenti, p.f.n.
S. Boltaboyev
P.f.n.
dosent
ISBN -
978-9943-993-18-1
©
“
Tafakkur Bo‘stoni”, 2015
©
X.Sanaqulov
, 2015
© Ilm - Ziyo nashriyot uyi
3
KIRISH
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muay-
yan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ijti-
mo iy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo’nalishi,
ijtimoiy mu-
no sabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda
O’zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning
aso siy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo’lga
kiritgach, hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda.
Islohotlar respublikaning rivojlanish va taraqqiyot yo’li deb e’tirof
etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish uchun
xiz mat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy
jamiyatni barpo etish
vazifasi o’sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklatilar ekan, o’z
o’rnida ularning ta’lim-tarbiyasini maqsadli amalga oshirishga bevo-
sita jamiyat, oila va ta’lim tizimi birdek ma’sul.
Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o’quvchilarni mehnatga
tayyorlash, o’sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi eng
zarur masalalardan biridir.
Darslikda h
ar
bir nazariy, amaliy mashg’ulotlarning mavzusi, unga
tayyorlanish jarayonida talaba bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlar,
metodik ko’rsatmalar va eng muhim nazariy manbalar keltirilgan.
Ushbu darslik
3ta bobdan iborat bo’lib, I-bobda mehnat ta’limining
maqsad,
vazifalari, mazmuni, shakl va metodlari nazariy bilimlar
asosida ochib berilgan. II-bobda mehnat ta’limining dars turlari,
o’qitish usullari unga qo’yiladigan talablar yoritilgan. III-bobda,
hamda boshlang’ich sinflarda o’tiladigan
dars ishlanmalari va
ko’rgazmalardan foydalanish usullari ko’rsatilgan.
Darslik talabalarning mashg’ulotlarga tayyorlanishida
foydalanishlari uchun
ularning
mustaqil ishlari uchu
n
mo’ljallangan.