6
lang‘ich sinf o‘quvchilari predmetni ko‘rib idrok etish bilan fikran
biriktirib, tinglab o‘r ganadilar, tushunib oladilar.
O‘qituvchi mehnat darslarida amaliy ishlarni tushuntiribgina qol-
may, balki asosiy materiallar va buyumlar namunasini, asboblarni ma te-
rialga ishlov berish usullarini, ish bosqichlarining izchilligini ko‘r satadi.
Shu bois mehnat ta’limida eshitish, ko‘ rish xotirasi va ha ra katlanuvchi
xotira muhim ro‘l o‘ynaydi. O‘quvchilarda mehnat da rsidan mehnat
darsigacha yangidan-yangi bilim va ko‘nikmalar mujas
samlashib
boradi, ularni esa anglash va xotirada saqlab qolish kerak.
Mehnat ta’limini to‘g‘ri tashkil etish o‘quvchilarni qiyinchi lik larni
yengishga, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida qat’iyat bilan mehnat
qilish, boshlangan ishni chala tashlab ketmay, balki oxiriga yetkazishga
o‘rgatish lozim. Bu o‘rinda o‘quvchilarda ijobiy natijalar: mehnatdan
quvonish, lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining namoyon bo‘lishi
juda muhimdir .
Dostları ilə paylaş: