Savollar
1. O‘quvchilarni qo‘l mehnatiga o‘rgatishdan asosiy maqsad nima?
2. Qanday qo‘l mehnati ish turlari o‘rganiladi?
3. Mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifasi nimalardan ibo-
rat?
Mavzu: Mehnat ta’limining shakl va metodlari
Yoshlarning fan-texnika rivojida faol ishtirok etishlari faqat ta’lim
mazmunini emas, balki o‘qitish jarayonining usuli va tashkil etilishini,
o‘qitishga qiziqishini, ijodiy qobiliyatini, egal lagan bilimlarini amalda
qo‘llay bilishni rivojlantirish maqsad lari da yanada takomillashtirishni
ham talab qiladi. Bu esa maktab zim masiga yoshlarda ijodga ehtiyoj
uyg‘otish, ijodiy qobiliyatlar, har qanday faoliyatga ijodiy yondashish
asoslarini tarkib top ti rish ga, ijodiy masalalarni mustaqil hal etishga
o‘rgatish vazifasini yuklaydi.
Mehnat ta’limiga o‘rgatishning ahamiyati mehnat malakalarini
egallash imkoniyatini berish bilan cheklanmaydi, balki bu malakalar
hamma uchun kerakligini e’tirof qilish kerak. Ko‘pgina ilmiy
kengashlarda qatnashuvchi kishilar, agar turmush ishlarini bajarishni:
ovqat pishirish, kiyim yamash, ozodalikni saqlash va shu kabilarni
bilmaganlarida, shunchalik muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lardilar.
Mehnat ta’limiga o‘rgatishni ham zamonaviy pedagogika ishlari-
ni to‘g‘ri tashkil etish va uning usullariga qo‘yadigan umumiy talab-
lariga muvofiq tarzda amalga oshirish kerak. O‘qi tish metodlari – bu
o‘qituvchi va o‘quvchilarning usullari bo‘lib, bular yordamida o‘qituv-
chi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga
eri shadi. O‘qituvchi o‘z tajribasida o‘qitishning xilma-xil usullaridan
foydalanishi mumkin. O‘qituv chining intilishi, xatti-harakati darsda
o‘quv chilarning diqqat-e’tiborlari susaymasligiga, fikrlarning jamlan-
gan bo‘lishi ga, ularning chambarchasliklariga yo‘llangan bo‘lishi ke-
rak. O‘qituv chi darsning har bir daqiqasini qadrlab, o‘quvchilarni ham
22
shunga o‘rgatishi kerak. Har bir o‘qituvchiga o‘z uslubi, o‘z usuli ning
o‘ziga xosligiga ega bo‘lish huquqi berilgan. Biroq shuni aytish mum-
kinki, bularning barchasiga mustahkam bilim, bir qarashda hammaga
ravshan bo‘lgan haqiqatlarni egallab olganlaridagina eri shish mumkin.
Hayotini o‘qituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi bo‘lgan o‘qi-
tuv chilar o‘z faoliyatini mana shu hammaga ma’lum haqiqatni o‘z-
lash tirishdan boshlashlari kerak. Ular darslarda suhbat, gapi rib be-
rish, amaliy mashg‘ulotlar kabilardan foydalanib o‘zlash tirganini tek-
shirish, yangi mavzuni tushuntirish va o‘tilganini mustahkamlashni
eng boshidan o‘rganishlari lozim. Faqat barchaga ma’lum haqiqatlar
o‘z lash tirgandan keyingina va sinf ning imkoniyatlarini nazarda tutib,
yangisini qo‘llash mumkin.
Mehnat ta’limi bilimlarini egallash, o‘zlashtirish, amalda qo‘l lash
va o‘quvchilarni rivojlantirish faol jarayonining mu vaf faqiyati asosan
o‘qituvchining bilimi hamda ishga ijodiy yonda shishiga bog‘liq.
Mehnat ta’limini amaliy mehnat faoliyati bilan birlashtirish va
o‘quvchilarning ilmiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirishini ta’minlashda
ta’limning turli usullaridan foydalaniladi. Nazariy materialni tushun-
ti rish chog‘ida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilimlari va tajribasiga
suyanadi. O‘quvchilar tomonidan bajarila digan barcha mehnatga oid
hara katlar nazariy bilimlarni bilishga tayanadi.
Ko‘r-ko‘rona taxminiy yo‘l bilan egallangan ko‘nikma va malaka
tor ma’noda bo‘lib, puxta bo‘la olmaydi. Amaliy top shi riqlarni tan lash
mehnat tayyorgarligini nazariy va amaliy saviyasini ko‘tarish vazi fa-
lariga bo‘ysundirilishi kerak. O‘quv chi larga berilgan topshiriqlar ular-
ni ijodiy izlanish, ta’lim olish va adabiyotlar bilan ishlash mala ka sini
shakllantirishi lozim.
Boshlang‘ich sinflarda ish materiallarining mazmuni, hajmi va
usullari o‘quvchilarning tayyorgarlik bosqichiga mos kelishi za rur.
O‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishda faqat soddalash-
ti rish yo‘li bilan borish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Bunday yo‘l
bi lan borish o‘quvchilarning aqliy rivojlanishini ta’minlay olmaydi.
Har bir mavzuni o‘rganishda soddadan murak kabga qarab borish maq-
sad ga muvofiqdir.
Ko‘pgina o‘qituvchilar o‘qitishning turli metod va usullarini qo‘l-
23
lab, shunungdek, sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli tashkil etib, yaxshi
o‘z lash tirish natijalariga erishmoqdalar va bilimga mu ha bbat hamda
qi ziqishlarini singdirmoqdalar. Bunday o‘qi tuv chilar qo‘l mehnatini
o‘r gatishda o‘quvchilarga turmush sohasi dagi bilim va ko‘nikmalarni
sing dirish bilan birga, ularda ijodiy qobiliyatlarni va bilishga qiziqishni,
mustaqil faollikni o‘stirishga yordam bermoqdalar.
O‘qitish usullari bilimlarning shunday darajada egallanishiga xiz-
mat qilishi kerakki, unda o‘quvchilar chizmani o‘qituvchi chizgan o‘l-
chamlar asosida emas, balki buyumni istalgan o‘lchami bo‘yicha chi-
zib, egallagan bilimlarini amalda qo‘llay olsinlar.
Qo‘l mehnatiga o‘rgatishda qo‘llanadigan asosiy usullar tizimi
quydagichadir:
1. Og‘zaki bayon qilish.
2. Tushuntirish va hikoya qilish.
3. Suhbat.
4. Mashqlar.
5. Amaliy ishlar.
6. Mustaqil ishlar.
7. Ekskursiya.
8. Kitob bilan ishlash.
9. Texnik vositalar.
Mehnat ta’limi jarayonida o‘quvchilarni mehnat ta’limi va tar-
bi ya siga tayyorlashda mana shu usullardan samarali foydalanilsa,
o‘qi tuvchi o‘quvchilarning mehnat ta’limi va tarbiyasining malaka
va ko‘nikmalarini egallashlari va mehnatga tayyorlash to‘g‘ri tar-
bi yalansa, haqiqiy mehnatkash inson uchun zarur bo‘lgan sifatlar
shakllanadi.
Og‘zaki bayon qilish
usuli ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
1. Monologik bayon qilish. Bunda faqat o‘qituvchi gapiradi,
o‘quvchilar esa uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qo‘l mehnati
darslarida u tushuntirish va hikoya qilish, instruktaj ko‘rinishida
bo‘ladi.
2. Dialogik bayon usuli. Bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro
suhbatidir.
Tushuntirish va hikoya qilish. Bu usulda materialni jonli va ob -
24
razli bayon qilishdir. Bu holda yangi bilimni o‘qituvchining o‘zi
beradi. Ba’zan suhbat davomida o‘quvchilarning qanchalik o‘zlash-
ti rayotganliklarini bilish maqsadida ularga savollar bilan murojaat
etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agar bajarilgan ishlar, natural
rasm lar, fotosuratlar va shu kabilarni ko‘rsatib bajarilsa, anchagina
tu shunarliroq bo‘ladi. Bu o‘rinda tushuntirayotganda “ko‘rsat va
tushuntir” degan qoida bajariladi. Yangi materialni bayon qi lish da
o‘quvchilarning bir xil emasligini nazarda tutish lozim. Tushun ti-
rishda o‘zlashtiruvchilarga alohida e’tibor berish lozim. Hikoya qi-
lish jarayonida ularning idroklarini faollashtirish maqsadida tushun ti-
ralayotgan material yuzasidan bir-ikkita savol berish mumkin.
Suhbat usuli
turli o‘quv maqsadlarda, ya’ni yangi dastur ma te rialini
ba yon qilish, bilimlarni rejalashtirish va chuqur lash tirish uchun takror-
lash jarayonida, o‘quvchilarning bilimini tekshirish uchun qo‘llanishi
mum kin. Bu usulda o‘quvchilardagi qizi quv chanlikni qo‘zg‘ab, sa-
vol lar berish foydalidir. Suhbat xuddi hi koya singari ma’lum talab lar-
ga javob berish kerak, ya’ni:
- savollarni shunday shakllantirish lozimki, ular o‘quvchilar tafak-
kurini faollashtirsin, ularni aniq va ishonarli javobni izlashga undasin;
- mavzuni ochib berishda izchillik bo‘lishi uchun suhbatning rejasi
oldindan tuzib qo‘yilgan savollari albatta bo‘lishi kerak;
- o‘quvchilarning diqqati qaysi dalil va xulosalarga qaratilishi
oldindan belgilanishi lozim.
Suhbat o‘quv materialining chuqur va ongli egallanishiga yor dam
berishi, o‘quvchilarda bo‘lajak amaliy ishni ongli rejalash tirish malaka
va ko‘nikmalarini shakllantirishda vosita xizmatini o‘tashi, egallangan
bilimlarni amalda qo‘llash malakalarini singdirishga yordam berishi
kerak.
Mashqlar
bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida o‘t ka-
ziladi. O‘qituvchi ko‘nikma va malakalarni mastahkamlash maqsadi-
da o‘quvchilarga turli mashqlar beradi, bunda u ijodiy xarakterdagi
ish larni tashkil etib, ko‘proq mustaqillik talab etuv chi mashqlarni na-
zar da tutadi.
Bu metodning mohiyati borgan sari murakkablashib boruvchi usul
va harakatlarning ongli hamda ko‘p marta takrorlanishidir.
25
Mashqlar ommaviy va yakka tartibda bo‘ladi, ya’ni butun guruhda
bir xil ishni va barcha o‘quvchilar turli ishlarni bajarishlari mumkin.
Mashqlarning xarakterli xususiyati ayni bir harakatning tak ror la-
nishi bo‘lgani uchun o‘quvchilarda bajarilayotgan ishga nis batan qizi-
qishini saqlash talab etiladi.
Mashqlar yakunida ishlarni tahlil qilish, eng yaxshi ishlarning
tah liliga tayanib, kim qanday natijalarga erishganligini ko‘rsatish
lo zim. Ayni bir vaqtda kamchiliklar ustida ham to‘xtash va ishning
sifatini yaxshilash yoki bajarish tezligini oshirish uchun nimalar qilish
kerakligini tushuntirish lozim.
Amaliy ishlar.
Dostları ilə paylaş: |