16
Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal etish
talab qilinadi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishda hal etiluvchi vazifalar
ko‘p qirrali bo‘lib, u o‘quvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy, ruhiy
va axloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini qamrab oladi. Mehnat
ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1. Mehnatning mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarga mehnat-
Mehnatning mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarga mehnat-
ning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish;
2. Inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo‘lgan moddiy va
ma’naviy ne’matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o‘rgatish;
3. Mehnat qilishga nisbatan rag‘batni, shuningdek, muhabbatni
uyg‘otish;
4. O‘quvchilarning mehnatga ijtimoiy burch sifatida yonda shuv-
larini yuzaga keltirish;
5. Mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan yon-
Mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan yon-
dashishni odatlantirish;
6. Mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish;
7. Mehnatga hayotiy zururat, inson faoliyatining asosi sifatida mu-
Mehnatga hayotiy zururat, inson faoliyatining asosi sifatida mu-
nosabatda bo‘lish;
8. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko‘nik mas i
va malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish;
9. O‘quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash; o‘z mehnati
samarasidan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirish;
10. Muayyan kasb-hunar sirlarini o‘zlashtirishga erishish va hoka-
Muayyan kasb-hunar sirlarini o‘zlashtirishga erishish va hoka-
zolar.
Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda rivojlan-
tiriladi va tarkib toptiriladi: mehnat o‘yindan ajralgan holda mustaqil
faoliyat sifatida shakllantiriladi; mehnat faoliyati jarayonining mohi-
yatini o‘zlashtirilishiga erishiladi; mehnat faoliyatining turli shakllari
vujudga keltiriladi.
Ijtimoiy mehnatning yana bir muhim tarkibiy qismi
Dostları ilə paylaş: