11
Amaliy ishlar tizimi quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi:
1. Amaliy ishlarni bajariladigan topshiriqning murakkabligi oshib
borishini nazarda tutgan holda joylashtirish lozim.
2. Bajarilayotgan amaliy ish mazmuni to‘liq
tarzda oldingi amaliy
ish ga asoslanishi lozim.
3. Amaliy ish jarayonida mustaqil ishlash darajasi ortib borishi ke rak.
Mehnat malakasining muvaffaqiyatli bo‘lishi bir qator shart larga
bog‘ liq. O‘quvchi o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtirmas ekan, uning
malakasi hech qachon to‘liq bo‘lmaydi. Nazoratning yo‘q ligi ko‘ pin-
cha xato va nuqsonlarning amaliy ishlar jarayonida or tib borishiga
olib keladi. Bu esa o‘z navbatida yetilmagan harakat va
usullarning
shakl lanishiga sabab bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi mehnat ta’limi bo‘yicha ish larni
amalga oshirayotganda o‘quvchilar u yoki bu ishni bajarish natijasida
qanday ko‘nikma, bilim va malakalarni egallashlarini aniq bilishi
kerak. Ana shunday holda o‘qituvchi sinf
uchun shu vaqtda zarur
bo‘lgan materiallarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu o‘rinda
muhimi o‘quvchilar mazkur materiallarni tayyorlash jarayonida das tur
nazarda tutgan bilim va malakalarni egallab olishlaridan iborat. Bosh-
lang‘ich sinf mehnat ta’limi darslaridagi ta’lim-tarbiyaviy vazifalar
umumta’lim maktab lari dagi mehnat ta’limining umumiy vazifalaridan
kelib chiqib, quyidagi mashg‘ulot turlari jarayonida amalga oshiriladi:
1. Qog‘oz va karton bilan ishlash.
2. Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash.
3. Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash:
a) plastilin va loy ishi;
b) urug‘lar
bilan ishlash;
d) applikatsiya va mozaika ishlari;
4. Loyihalash va modellashtirish:
a) badiiy qurish-yasash.
5. Qishloq xo‘jalik mehnati.
Dostları ilə paylaş: