8
rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat ta’limida mehnatga psixologik
tay yorgarlik, mehnat faoliyatining to‘g‘ri motivlari tarbiyalanadi,
shaxs ning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo‘lgan sifatlari
shakl lanadi.
Darslarning jihozlanganligi o‘z mehnati uchun shaxsiy mas’u li-
ya t ni, mehnat madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir.
Agarda bolalar yomon jihozlangan sinfda, qo‘pol, og‘ir va yoshlariga
nomunosib asboblar bilan shug‘ullansalar ish natijalari ko‘ngildagidek
bo‘lmaydi.
Agarda bola har bir qadamda tartiblilikka, aniqlikka rioya qilish lo-
zimligiga ishonch hosil qilmasa, bolalarni mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish haqida gapirish qiyin.
Mehnat malaka va ko‘nikmalari u yoki bu mehnat jarayonida
belgilangan tartibga va harakat izchilligiga rioya qilish kerakligini
muntazam tushuntirib borish bilan birga bo‘ladigan ko‘p mashq qilish-
lar natijasida tarkib topadi.
O‘quvchilar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro yordam esa, ularda
do‘st lik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tar bi-
ya laydi.
Dostları ilə paylaş: