5
manfaatdan ustun qo‘yish singari axloqiy sifatlarning shakllanishiga
poydevor qo‘yiladi.
Mehnat jarayonida o‘quvchilarda mehnat madaniyatining un-
surlarini hosil qilib borish muhim talablardan biri sanaladi. Mehnat
madaniyati - bajarilayotgan ishga ongli munosabatda bo‘lish, uni ilm-
iy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi (puxta rejalashtirish, vaqtdan unumli
foydalanish), ish o‘rnini ozoda tutish, mehnat (ish) qurollariga ehti-
yotkorona munosabatda bo‘lish, boshlangan ishni natijalash, uning
samarali bo‘lishiga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat ko‘rsatkichidir.
Mehnat madaniyati tushunchasi o‘zida yana o‘quvchining mustaqil
harakat olib borishini, mehnat qilishi va dam olishini to‘g‘ri tashkil
eta olishni ham aks ettiradi.
Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalashning yana bir talabi o‘quv-
chilarni ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya bora si dagi yan-
giliklardan boxabar etish, ularda mehnatga nisbatan qizi qishni ho sil
qilish, bu boradagi layoqat, qobiliyat va iqti dor larini oshirib bo rish dan
iborat
Dostları ilə paylaş: