«Yo‘ldosh» viruslar Fayllarni o'zgartirmaydi. Uning ta’sir
mexanizmi
bajariluvchi fayllarning nusxalarini yaratishdan iboratdir.
«Qurt» viruslar tarmoq orqali ishchi stansiyaga tushadi, tarmoqning
boshqa abonentlari bo‘yicha virusni jo'natish adreslarini
hisoblaydi va virusni
uzatadi. Virus Fayllarni o'zgartirmaydi va disklaming yuklama sektorlariga
yozilmaydi. Ba’zi bir «qurt» viruslar diskda virusning ishchi nusxasini
yaratadi, boshqalari faqat hisoblash mashinasining asosiy xotirasida joylashadi.
Algoritmlarning
murakkabligi, mukammallik darajasi va yashirinish
xususiyatlari bo‘yicha
yashash makonini o'zgartiradigart viruslar
:
•
talaba viruslar;
•
«stels» viruslar (ko'rinmaydigan viruslar);
•
polimorf viruslarga bo‘linadi.
Talaba viruslar
malakasi past yaratuvchilar tomonidan yaratiladi.
Bunday
viruslar, odatda, rezident bo'lmagan viruslar qatoriga kiradi, ularda
ko'pincha xatoliklar mavjud bo‘ladi, osongina taniladi va yo‘qotiladi.
«Stels»
viruslar malakali mutaxassislar tomonidan yaratiladi. «Stels»
viruslar operatsion sistemaning shikastlangan fayllarga
murojaatlarini ushlab
qolish yo‘li bilan o'zining yashash makonida ekanligini yashiradi va operatsion
sistemani axborotning shikastlanmagan qismiga yo'naltiradi.Virus rezident
hisoblanadi, operatsion sistema dasturlari ostiga yashirinadi,
xotirada joyini
o‘zgartirishi mumkin. «Stels» — viruslar rezident antivirus vositalariga qarshi
ta’sir ko‘rsata ohsh qobiliyatiga ega.
Polimorf
viruslar ham malakali mutaxassislar tomonidan yaratiladi va
doimiy tanituvchi guruhlar — signaturalarga ega bo‘lmaydi. Oddiy viruslar
yashash makonining zaharlanganligini aniqlash
uchun zaharlangan obyektga
maxsus tanituvchi ikkili ketmaketlikni yoki simvollar ketma-ketligini
(signaturani)
joylashtiradi.
Bu
ketma-ketlik
fayl
yoki
sektorning
zaharlanganligini aniqlaydi. Polimorf viruslar virus tanasini shifrlashdan va
shifrlash dasturini turlantirishdan foydalanadi. Bunday o'zgartirish
evaziga
polimorf viruslarda kodlarning muvofiqligi bo’lmaydi.
Ma’lum viruslar bilan ishlashda qulaylikni ta’minlash maqsadida viruslar
katalogidan
foydalaniladi.
Katalogda
viruslaming
quyidagi
standart
xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumot joylashtiriladi: nomi, uzunligi,
zaharlanuvchi fayllar, fayldagi o‘rni,
zaharlash metodi,rezident viruslar uchun
asosiy
xotiraga
joylashtirish
usuli,
keltirib
chiqaradigan
natijalari,
zararkunandalik vazifalari bor (yo‘q)ligi va xatoliklar. Kataloglaming
mavjudligi viruslarni tavsiflashda ularning standart xususiyatlari va ta’sirlarini
tushirib qoldirib, faqat o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: