Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/145
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179513
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   145
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

Rezident bo’lmagan
viruslar faqat faollashgan vaqtlarida hisoblash mashinasining asosiy xotirasiga 


tushib, zaharlash va zararkunandalik vazifalarini bajaradi. Keyin bu viruslar 
asosiy xotirani butunlay tark etib yashash muhitida qoladi. Agar virus yashash 
muhitini zaharlamaydigan dasturni asosiy xotiraga joylashtirsa, bunday virus 
rezident bo'lmagan virus hisoblanadi.
Kompyuter viruslarini foydalanuvchining axborot resurslari uchun xavflilik 
darajasi bo'yicha quyidagilarga ajratish mumkin:

beziyon viruslar;

xavfli viruslar;

juda xavfli virusla
Beziyon
kompyuter viruslari kompyuter sistemasi resurslariga qandaydir 
shikast yetkazishni maqsad qilmagan mualliflar tomonidan yaratiladi. Ularning 
maqsadi, odatda, o‘zlarining dasturchilik imkoniyatlarini ko‘z-ko‘z qilishdir. 
Bunday viruslarning zararkunandaligi monitorda aybsiz matnlarni va 
rasmlarning, musiqiy parchalarning ijro etilishiga olib keladi va h.k.
19-Amaliy mashg‘ulot. Kompyuter viruslarining xarakteristikalari, 
viruslarni aniqlash va ulardan himoya qilish dasturlari. 
Kompyuter virusi — bu maxsus yozilgan dastur bo’lib, u boshqa 
dasturlarga qo’shilishi (ya’ni uni zaharlashi) mumkin, shuningdek 
kompyuterda noma’qul harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Ichida virus 
bo’lgan dastur „zararlangan“ deyiladi. Bunday dastur ishni boshlaganda 
boshqaruvni avvalo virus amalga oshiradi. Virus boshqa dasturlarni topadi va 
zararlaydi, shuningdek qandaydir buzg’unchi harakatlarni bajaradi (masalan, 
diskdagi fayllarni va shu fayllar joylashgan jadvalni ishdan chiqaradi (buzadi) 
operativ xotirani bo’lar-bo’lmas „axlat“ bilan to’ldiradi va h.k.). Virus o’zini 
yashirish maqsadida dasturni zararlantirish harakatlari har doim ham 
bajarilavermaydi. Ular faqat muayyan sharoitda amalga oshadi. Virus kerakli 
harakatlarni bajarib bo’lgandan so’ng, u boshqaruvni o’sha dasturga beradi 
(virus shu dasturning ichida yotadi) va u oldingidek ishlayveradi. Shu bilan bir 
qatorda virus bilan zararlangan dastur xuddi viruslanmagan dastur kabi faoliyat 
ko’rsatadi.
Zararkunanda dasturlar va, awalo, viruslar kompyuter sistemasi uchun 
jiddiy xavf hisoblanadi. Bu xavfni nazarpisand qilmaslik foydalanuvchilar 
axboroti uchun jiddiy oqibatlarga sabab bo'lishi mumkin. Viruslar xavfini 
haddan tashqari oshirib yuborish ham kompyuter sistemalarining barcha 
imkoniyatlaridan foydalanishga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Viruslar ta’siri 
mexanizmini, ular bilan kurashish metodlarini bilish viruslarga qarshi samarali 
kurashishni tashkil etishga, ular ta’siri natijasida zararlanish ehtimolini va 
yo‘qotishlarni eng kam miqdorga keltirishga imkon beradi.


«Kompyuter virusi» atamasi 80-yillarning o‘rtalarida kiritilgan. Biologik
viruslarga tegishli o‘lchamlaming kichikligi, o‘z-o‘zidan ko'payib va 
obyektlarga singib (ularni zaharlab), tez tarqalish qobiliyati, sistemaga salbiy 
ta’siri kabi alomatlar zararkunanda dasturlarga ham xosdir. Kompyuter 
viruslari bilan ish ko‘rilganda, «virus» atamasi bilan bir qatorda, «zaharlanish», 
«yashash muhiti», «profilaktika» kabi tibbiyot atamalaridan ham foydalaniladi. 
«Kompyuter viruslari» — kompyuter sistemalarida tarqalish va o‘z-o‘zidan 
qaytadan tiklanish (replikatsiya) xususiyatlariga ega bo‘lgan bajariluvchi yoki 
sharhlanuvchi 
kichik 
dasturlardir. 
Viruslar 
kompyuter 
sistemalarida 
saqlanuvchi dasturiy ta’minotni o'zgartirishi yoki yo‘qotishi mumkin.
Hozirda dunyoda faqat ro'yxatga olingan 40 mingdan ortiq kompyuter 
viruslari mavjud. Zamonaviy zararkunanda dasturlarning aksariyati o‘z-o‘zidan 
ko‘payish qobiliyatiga ega bo'lganligi sababli, ular ham kompyuter viruslariga 
taalluqli deb hisoblanadi. Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlariga 
ko‘ra tasniflanishi mumkin:
— yashash muhiti bo‘yicha;
— yashash muhitining zaharlanishi 
bo‘yicha; — zararli ta’sirining 
xavflilik darajasi bo'yicha; — ishlash 
algoritmi bo'yicha.
Yashash muhitiga ko‘ra kompyuter viruslari quyidagilaiga bo'linadi:
— tarmoq viruslari;
— fayl viruslari;
— yuklama viruslar;
— kombinatsiyalangan viruslar.
Tarmoq
viruslarining
yashash
muhiti
kompyuter 
tarmoqlarining elementlaridir. Fayl viruslar bajariluvchi fayllardajoylashadi. 
Fayl viruslar ichida makroviruslar alohida o‘rin tutadi. Makroviruslar — 
makrotillarda yozilgan zararkunanda dasturlar, elektron jadvallar va h.k. 
Yuklama viruslar tashqi xotira qurilmalarining yuklama sektorlarida (boot-
sektorlarda) bo‘ladi. Kombinatsiyalangan viruslar bir necha yashash muhitida 
joylashgan bo'ladi. Misol tariqasida yuklama fayl viruslarni ko‘rsatish mumkin. 
Yashash muhitining zaharlanishi usuli bo'yicha kompyuter viruslari:
— rezident;
— rezident bo'lmagan viruslarga bo‘linadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin