O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g
18-Amaliy mashg‘ulot. Antivirus dasturiy vositalar. Antivirus dasturlariga AVP, Doctorweb, Nod32 dasturlarini kiritish mumkin.
Umuman barcha
virusga qarshi dasturlar zaharlangan dasturlar va yuklama sektorlarning
avtomatik tarzda tiklanishini ta’minlaydi.
Viruslarga qarshi kurashishning asosan quyidagi usullari mavjud:
1.
Muntazam profilaktika ishlarini, ya’ni virusga tekshiruv ishlarini olib borish.
2.
Taniqli virusni zararsizlantirish.
3.
Taniqli bo‘lmagan virusni zarasizlantirish.
«Kompyuter virusi» atamasi 80-yillarning o‘rtalarida kiritilgan. Biologik
viruslarga tegishli o‘lchamlarning kichikligi, o‘z-o‘zidan ko'payib va
obyektlarga singib (ularni zaharlab), tez tarqalish qobiliyati, sistemaga salbiy
ta’siri kabi alomatlar zararkunanda dasturlarga ham xosdir. Kompyuter
viruslari bilan ish ko‘rilganda, «virus» atamasi bilan bir qatorda, «zaharlanish»,
«yashash muhiti», «profilaktika» kabi tibbiyot atamalaridan ham foydalaniladi.
«Kompyuter viruslari» — kompyuter sistemalarida tarqalish va o‘z-o‘zidan
qaytadan tiklanish (replikatsiya) xususiyatlariga ega bo‘lgan bajariluvchi yoki
sharhlanuvchi
kichik
dasturlardir.
Viruslar
kompyuter
sistemalarida
saqlanuvchi dasturiy ta’minotni o'zgartirishi yoki yo‘qotishi mumkin.
Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlariga ko‘ra tasniflanishi mumkin:
— yashash muhiti bo‘yicha;
— yashash muhitining zaharlanishi
bo‘yicha; — zararli ta’sirining
xavflilik darajasi bo'yicha; — ishlash
algoritmi bo'yicha.
Yashash muhitiga ko‘ra kompyuter viruslari quyidagilarga bo'linadi:
— tarmoq viruslari;
— fayl viruslari;
— yuklama viruslar;
— kombinatsiyalangan viruslar.
Rezident viruslar faollashganlaridan so‘ng to‘laligicha yoki qisman yashash
muhitidan (tarmoq, yuklama sektori, fayl) hisoblash mashinasining asosiy
xotirasiga ko‘chadi. Bu viruslar, odatda, faqat operatsion sistemaga ruxsat
etilgan imtiyozli rejimlardan foydalanib yashash muhitini zaharlaydi va
ma’lum sharoitlarda zararkunandalik vazifasini bajaradi.